Tojikiston parlamentining quyi palatasi kecha, 29-aprel kuni “Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni qabul qildi.
Unga ko‘ra, qonunga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin yangi tug‘ilgan chaqaloqlar familiyalarini ro‘yxatga olishda “-ov”, “-ova”, “-yev”, “-yeva” qo‘shimchalari, sharifiga esa “-ovich”, “-ovna”, “-yevich” va “-yevna” qo‘shimchalari qo‘shilishi taqiqlanadi.
Tojikiston Adliya vaziri Muzaffar Ashuriyonning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda istiqomat qiluvchi etnik ozchiliklar yangi tug‘ilgan farzandlarining familiya va sharifida qanday qo‘shimcha bo‘lishini o‘zi tanlaydi.
Vazir taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni “milliy nomlarning tiklanishi” bilan izohladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!