$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Odamning ko‘ngli tortmaydigan taomlar

04:33 / 01.12.2014

Ma'lumki, Osiyo o‘zining nozik did bilan tayyorlangan, tanqis, ziravorli va xushbo‘y taomlari bilan mashhur, biroq ayrim davlatlarda shunday g‘alati, hatto jirkanch taomlar tayyorlanadiki, qachondir ularni tatib ko‘rishga ko‘nglingiz tortishi amrimahol.   

Baliqchi qush vinosi 

Inuitlar (kanadalik eskimoslar) tayyorlaydigan ichimlik shunday ataladi. Bu g‘alati ichimlikning tayyorlanish usuli quyidagicha: o‘lik baliqchi qushni suv to‘ldirilgan idishga solib, bir necha kun quyosh tig‘ida qoldirishadi. Bu vinodan ichib ko‘rgan yevropaliklar uning ta'mini shunday tasvirlashgan: “Agar “Toyota” karbyuratini ochib, ichida qolgan suyuqlikni ichsangiz, o‘sha dahshatli ichimlik ta'mini his qilasiz”. Biroq vinoning undan farqi shuki, juda tez mast qiladi. Undan keying bosh og‘rig‘i ham juda yomon. 

Xaukarl

Islandlarning grenland qutb akulasi yoki katta akulaning sasigan go‘shtidan iborat milliy taomi. Yangiligida qutb akulasining go‘shti ammiak ko‘pligi uchun zaharli hisoblanadi, shuning uchun akula go‘shtini bo‘laklab, shag‘al to‘ldiirlgan maxsus idishlarga taxlashadi. Go‘sht u yerda 5-8 hafta, ba'zan undan ham ko‘proq (mavsumga qarab) qoladi. Keyin yaxshigina sasigan go‘shtni olib, maxsus qoziqlargi ilib, yana 2-4 oy ochiq havoda qoldirishadi. Bu orada go‘sht bo‘laklarining usti qotadi, parda hosil qiladi, bu joylari kesib tashlash kerak bo‘ladi. Sarg‘ish ichki qismi dasturxonga tortiladi.  

Lyutefisk

Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiyaning ayrim joylarida ommalashgan qishki tansiq taom, skandinavlarning an'anaviy baliqli taomi. Avval taom treskadan tayyorlanardi, hozirda esa Shvetsiyada quritilgan dengiz cho‘rtani yoki sayda kengroq tarqalgan, ammo Norvegiyada hali ham treskadan tayyorlashadi. Quritilgan baliqni tayyorlash uchun uch sutkaga kaustik sodaning ishqorli eritmasiga solib qo‘yishadi. Shundan so‘ng bir necha kun suvga solib ivitishadi. Baliq oqsillarining ishqor bilan kimyoviy reaksiyasi natijasida baliq yumshoq jyelesimon shaklga kelib, hidi o‘tkirlashadi. Keyin lyutefiskni tovada qovurib, duxovkada toblashadi, qaynatishadi yoki mikroto‘lqinli pechda pishirishadi.

Balyut (balut)

O‘rdakning ichida jo‘janing patlari, tog‘ay va tumshug‘i shakllanib bo‘lgan qaynatilgan tuxumi. Janubi-Sharqiy Osiyo (Vetnam, Kamboja, Laos, Malayziya, Tayland, Xitoyning janubiy provinsiyalari, Filippin)da tanovul qilinadi. Ba'zan tuxumni xomligichi, soya sousi bilan yoki qovurib yeyishadi. Balyutning ta'mi qaynatilgan mol jigarining mazasiga o‘xshaydi. Balyutni qora murch va tuz sepib iste'mol qilishadi. 

Yuz yillik tuxum

Xitoy oshxonasida keng tarqalgan gazak. Yuz yillik tuxumni tayyorlash usullari ko‘p, lekin asosiy qoida shunday: tovuq yoki o‘rdak tuxumiga choy, tuz, ohak va kul aralashmasini surishadi, keyin sholi po‘sti va tuproqqa belab, savatlarga solishadi-da, uch-to‘rt oyga ko‘mib qo‘yishadi. Bu taomga havo tegmasligi, tuxum bir necha oy ishqorli muhitda bo‘lishi uchun qilinadi. 3-4 oy o‘tgach, tuxum oqsili yarimshaffof jyelesimon moddaga aylanadi, sarig‘i esa kul rang-yashil tusga kirib, ammiakning o‘tkir hidi sezilib turadi. 

Jyekfrut 

Bangladesh miliy mevasi, daraxtga o‘sadigan, yeyish mumkin bo‘lgan eng katta meva. Yetilgan mevaning po‘chog‘i va urug‘idan o‘tkir yoqimsiz, sasigan piyoznikiga o‘xshash hid keladi. Etining hidi esa yoqimli, banan va ananasnikiga o‘xshaydi. 

Syurstryomming 

Shvedlarning milliy mahsuloti. Konservalangan tuzlangan seld. Tozalangan seld tuzlanadi, ochiq idishga solinib, bijg‘itiladi. Bu jarayon vaqtida mahsulot fermentlari va bakteriyalar propion, moy va sirka kislotasi, shuningdek, vodorod sulfid hosil qiladi. Keyin seld yana bijg‘ishi uchun konserva bankalariga solinadi. Natijada u yumshab, nihoyatda sassiq hid chiqara boshlaydi.  

Kopi Luvak

Qahvaning o‘ziga xos usulda qayta ishlangan turi. Qahva donlarini ishlab chiqarish jarayonida musang (hayvoncha) qahva daraxtining yetilgan mevalarini yeb, etini hazm qiladi, donini esa — yo‘q. Odamlar hayvonchaning axlatini yig‘ib, yuvishadi va oftobda quritishadi. Qahvaning o‘ziga xos ta'mi musangning oshqozon shirasidagi tsivetin degan fermentga bog‘liq. 

Kiviak 

Grenlandiyada yashaydigan kalaalit, eskimos va inuitlarning an'anaviy qishki taomi. Tyulen terisiga 400ga yaqin tozalanmagan chistik, gagara va baliqchi qushni joylab, teridan havoni chiqarib yuborishadi. Uni yog‘ bilan bekitib yopishtirib, 3 oydan 18 oygacha yerga tosh bostirib qo‘yishadi. Bu vaqt davomida qushlar sekin-asta marinadlanadi. Qushlarni qazib olib, patlaridan tozalab, xomligicha, terisi va suyaklari bilan yeyish mumkin. Kiviakning mazasi achchiq va sassiq pishloqqa o‘xshaydi.  


Bu ham qiziq

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025
OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

Kelishuvda sutkasiga 548 000 barrelgacha neft qazib olish ko‘zda tutildi
21:18 / 04.08.2025
Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qa…
10:30 / 05.08.2025
Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi yarmida mazkur moddalar asosida quyidagi huquqbuzarliklar aniqlangan.
10:55 / 05.08.2025
Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:18 / 05.08.2025
Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Samarqandda yangi avtovokzal ishga tushdi

Yangi avtovokzalning ishga tushirilishi natijasida 300 nafar aholi uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
11:58 / 05.08.2025
Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ammo aksar qo‘lga tushganlarning ismlari oshkor etilmadi
21:56 / 04.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tashkilot OAV vakillarini tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi
18:16 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!