$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
35° Kechasi 20°

30 yoshgacha o‘qish kerak bo‘lgan 8 ta kitob

11:08 / 03.12.2019

Har bir kitobning o‘z o‘qilish davri bo‘ladi. Masalan, maktab o‘quvchilari, odatda, klassik adabiyotni unchalik xushlamaydi. Yosh kattalashgani sari buning aksi bo‘ladi. Keling, 30 yoshgacha o‘qish kerak bo‘lgan eng mashhur asarlar haqida gaplashamiz. Ular keyingi hayotga tayyorlashda yordam berishi aniq. 

“Kichkina shahzoda” – Antuan de Sent-Ekzyuperi
Eskirmaydigan klassika, kattalar uchun ertak, uzoq sayyoralar bo‘ylab sayohat qilib o‘z baxtini topishga intilayotgan Kichik Shahzoda haqidagi falsafiy va ta’sirli hikoya. U haqiqiy hayotda biz ko‘radigan barcha odamlarni uchratadi: xudbin “qirollar”, piyonistalar, ishtiyoqmand “geograf” – karyerachilar, mitti “charog‘bon” odamlar... Shahzoda Yerga kelganida buzilgan samolyotdan chiqqan uchuvchi bilan uchrashadi. 

Ushbu hikoyaning iqtiboslari mashhur bo‘lib ketgan. “Kichkina shahzoda” haqidagi ertak haqiqatdan ham har safar yangi tafsilotlarini topib, qayta o‘qilishi kerak bo‘lgan kitobdir.

“Jang san’ati” – Sun-Szi 
Ushbu kitob urush haqida emas, aniqrog‘i, faqatgina urush haqida emas. Ushbu falsafiy risola hech qachon qo‘liga qurol olmaganlarga ham foyda keltiradi. Ammo baribir o‘zingizni qurollashingiz kerak: bilim, strategiyani tushunish, boshqa odamlarning xulq-atvorini anglash orqali. Jangda g‘alaba qozongan, lekin jang oxiriga yetmagan bo‘lsangiz, o‘zingizni qanday tutishingiz kerak? Kelajakdagi ishlarni qanday rejalashtirish, raqiblar bilan qanday metodlar yordamida kurashish lozim va nima uchun bizga ittifoqchilar kerak?

“Jang san’ati” barchaga: ishbilarmonlar, oilali odamlar, mansab pog‘onasidan ko‘tarilishni istaganlar, raqiblaridan ko‘ra aqlli va ayyorroq bo‘lishni xohlovchilarga fikrlash uchun ozuqa beroladi. Bu chuqur mazmunli kitobda “urush qoidalari”dan tashqari ko‘p narsalar bor.

“Dorian Greyning portreti” – Oskar Uayld 
Ko‘plab keskin satirik pyesalar muallifi faqat bitta roman yozgan. Lekin juda kuchli roman!

Dorian Grey ismli yosh yigit har qanday yo‘ldan yuradi, o‘z xohishi bilan yashaydi va boshqa odamlarning hayotiga tupuradi. Uni o‘zining shaxsiy portreti asraydi – kir hayot tarzining barcha oqibatlari suratda aks etib boradi, Dorianning o‘zi esa yosh va begunohligicha qolaveradi. Afsuski, faqat tashqi ko‘rinishi jihatdan shundayligicha qolgan. 
Dorian Grey – biz o‘zimizdagi barcha insoniylik xususiyatlarini olib tashlasak, aylanishimiz mumkin bo‘lgan maxluq namunasidir.

“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” – Rey Bredberi 
Odamlar kitob o‘qishni to‘xtatib, barcha ajoyib asarlarni ahmoqona  filmlar darajasigacha soddalashtirib, klassik asarlarni qonunga zid deb topsalar nima bo‘ladi? Bunday dunyoda insoniyat eng muhim narsani – fikrlash qobiliyatini yo‘qotadi.

Gay Monteg murakkab narsalarni his qilish va tushunishga qodir emasdek tuyuladi – shunchaki, u bunga o‘rgatilmagan edi. Uning xotini ulkan bir televizorni orzu qilar ekan, Gay qo‘liga taqiqlangan meva – kitobni oladi. Bu uning hayotini o‘zgartiradi, qahramon yana dunyoga boqishni, saqlanib qolgan o‘tmish san’atining nayranglaridan va lazzatlaridan bahramand bo‘lishni o‘rganadi.

“Martin Iden” – Jek London 
Ushbu roman faqatgina tirishqoqlik orqali eng quyi qatlamdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan odam haqida. Bir paytlar u dengizchi bo‘lgan, ammo badavlat oiladan chiqqan qiz bilan uchrashish uni yaxshi hayot uchun kurashishga undagan.

Har kunlik ish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zi ustida doimiy ishlash Martin Idenni mashhur va boy qiladi. Ammo u, o‘z orzusini amalga oshirar ekan, allaqachon hech narsani xohlamay qolgandi ...
Qahramon kitob muallifi Jek Londonning taqdirini takrorlagani bilan ham, asar ahamiyatlidir.

“Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” – Viktor Gyugo 

Bu roman ruhoniyning maftunkor lo‘liga bo‘lgan muhabbati,  ko‘rinishi chirkin Kvazimodoning mehribonligi va qirollik askarlari kapitanining ikkiyuzlamachiligi haqida emas. Garchi bularning barchasi kitobda yoritilgan bo‘lsa-da. Romanning bosh qahramoni – Notr-Dam de Parining o‘zi. Bu chindan ham tarixni o‘zgartirgan asar.
Viktor Gyugo o‘z asarini soborning buzilishi arafasida yozgan, ammo romanning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyati Notr-Damni madaniy yodgorlikka aylantirgan. Muallif haqiqatda uni saqlab qolgan.
Tarixiy qismi sizni juda qiziqtirmasa ham, asarda hissiyotlar, odamlar va odamlarning zaifliklari haqida ajoyib hikoya bilan tanishasiz. 


“Usta va Margarita” – Mixail Bulgakov 

Deyarli barchaga tanish bo‘lgan rus klassikasining durdonasi. Mana, zulmat – knyaz Volandning qiyofasida aks etgan, lekin haqiqiy yovuzlikni oddiy odamlarning qalbida ko‘ramiz. Jamiyat va shaxslarning muammolarini ko‘rsatishda sehr va haqiqat chalkashtirilgan. Kitob sevgi, nafrat, hokimiyat, baxt va yana ko‘plab mavzularni ko‘tarib chiqqan.


“Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti” – Ernest Xeminguey  

Kitobda tasvirlangan voqealar Ispaniya fuqarolik urushi avjiga chiqqan vaqtda yuz beradi va atigi uch kun davom etadi. Bu fashistlar tomonidan bosib olingan ko‘prikni portlatishi kerak bo‘lgan amerikalik Robert Jordan uchun ajratilgan vaqt edi. Muammoni hal qilish uchun Robert mahalliy otryad partizanlaridan yordam so‘raydi.
Bosh qahramon va uning atrofidagi odamlar boshiga juda ko‘p narsa: sevgini topish va yo‘qotish, qo‘rquvlarini yengish, xiyonat, qo‘rqoqlik va boshqa insoniy gunohlar tushadi. 
Bu urush haqidagi odatiy asar emas – unda ortiqcha pafos va qahramonlik yo‘q. Ammo og‘riq, qon va dahshat yetarlicha. Shu sababdan qahramonlarga va ular bilan sodir bo‘lgan vaziyatlarga ishonasiz, har qanday urushning bema’ni, shafqatsiz va ahmoqonaligini tushunasiz. Axir, u, ko‘plab ajoyib insonlarning hayotini sindiradi...


Bu ham qiziq

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Mazkur fuqaro Istanbul shahri Kadikoy tumani Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma’lum sabablarga ko‘ra yuzaga…
14:21 / 26.04.2025
Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqargani uchun 173 nafar shaxs ozodlikdan m…
10:21 / 26.04.2025
Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025
Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada hukumati G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun BMTga 100 million Kanada dollari  (72 million AQSh dollari…
19:42 / 26.04.2025
26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025
O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyaning Astraxan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda b…
18:33 / 26.04.2025
O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda moliyaviy Ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Texnik yordam dasturi doirasida Jahon banki ekspertlari o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tuzilmani joriy …
19:26 / 25.04.2025
UFC. Maks Xollouey va Dastin Pore trilogiyasi bo‘ladi

UFC. Maks Xollouey va Dastin Pore trilogiyasi bo‘ladi

Ushbu jang UFC 318 doirasida kamar uchun kechadi.
12:06 / 26.04.2025
Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

O‘zbekiston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampga mamlakatga tashrif buyurish uchun rasmiy taklifnoma yubordi. Bu haqda AQ…
10:11 / 27.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!