$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Markaziy Osiyoning butun dunyoga mashhur qo‘shiqchilari

10:30 / 30.12.2019

Qozog‘iston

71103515_507313686538691_4843750744493155052_n.jpg

Dimash Kudaybergen


Dimash – vokalist, instrumentalist va kompozitor. Dimashning ovoz diapozoni olti oktava. U Xitoydagi mashhur “Singer 2017” teleshousida qatnashib, shuhrat qozongan. Nufuzli qo‘shiqchilar bilan bellashib, finalgacha borgan va ikkinchi o‘rinni egallagan.
Dimash dunyoning turli mamlakatlarida konsertlar beradi. Yaqinda AQShda bo‘lib o‘tgan konsertida zal muxlislarga to‘la bo‘ldi.

Назима.jpg

Nazima

Nazima asli chimkentlik. Bolaligidayoq sahnada qo‘shiq aytishni orzu qilgan. 12 yoshida qozoq tilidagi qo‘shig‘i bilan “Ocharovashka” xalqaro tanlovining g‘olibi bo‘lgan.
21 yoshida “Fabriki zvezd” (Yulduzlar fabrikasi) qozoqcha versiyasining final bosqichigacha borgan. Keyinchalik Nazima ALTYN GIRLS triosining solistiga aylangan. Nazima “Pesni na TNT” (TNT’da qo‘shiqlar) musobaqasida qatnashgan va finalgacha borgan. Hozirda u Black Star jamoasi a’zosi hisoblanadi hamda MDH davlatlarida konsertlar beradi.

Ержан Максим.jpg

Yerjan Maksim

Yerjan — yosh qozoq artisti bolaligidan xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnashib keladi. 2019-yilda “Голос. Дети” loyihasida qatnashgach, shuhrat qozongan.
2019-yil kuzda Yerjan Polshada bo‘lib o‘tgan “Детского Евровидения – 2019” tanlovida finalga yetib bordi va 2-o‘rinni oldi.

Qirg‘iziston
 

Кайрат Примбердиев.jpg

Kayrat Primberdiyev

Kayrat Primberdiyev – qirg‘izistonlik iste’dodli qo‘shiqchi. U o‘zining vokal mahorati bilan yurtdoshlarining ko‘nglidan joy olgan va “Главная сцена” va “Голос” kabi teleko‘rsatuvlar orqali Rossiyada mashhur bo‘lgan. Hozirda qo‘shiqchi musiqa bilan shug‘ullanmoqda, bir qancha kliplar olgan.

O‘zbekiston
 

Олег Терновой.jpg

Oleg Ternovoy


Oleg — Rossiyaning “ПЕСНИ” shousining g‘olibi. Toshkentda tug‘ilgan. Boshida “ПЕСНИ” shousining predkastingidan o‘tolmagan, ammo keyin taxallusi va imijini o‘zgartirib yana qaytgan. Shouda bir nechta treklar yozgan va ijro etgan. G‘olib bo‘lgach, Black Star jamoasining xonandasiga aylangan.
Uning treklari Rossiya chartlarida birinchi o‘rinni oladi. Hozirda ijod bilan shug‘ullanmoqda hamda MDH va Yevropadagi shaharlarda gastrol safarlarda bo‘ladi.

Сардор Милано.jpg

Sardor Milano

Sardor Milano — toshkentlik xonanda, muallif va ijrochi. 2015-yil “Главная сцена” musiqiy shouda g‘olib bo‘lgan, 2016-yil “Голос” loyihasida finalgacha borgan. Ovoz diapazoni 3 yarim oktava. Sardor “Новая волна – 2017” tanlovining uch nafar laureatlaridan biri hisoblanadi.

Сабина Мустаева.jpg

Sabina Mustayeva


Sabina Mustayeva — yosh qo‘shiqchi, “Голос. Дети 2” teleshousining g‘olibasi. 11 yoshidan beri turli musiqiy tanlovlarda qatnashib keladi. “Детской Новой Волне” tanlovida uchinchi o‘rinni egallagan. Polshada bo‘lib o‘tgan “Голос” shousida qatnashgan.

Tojikiston

Манижа.jpg

Manija

Manija — asli dushanbelik qo‘shiqchi. 1994-yil oilasi bilan Moskvaga ko‘chib o‘tgan. 2003-yilda Yurmalada bo‘lib o‘tgan tanlovda qatnashib, Gran-pri sohibi bo‘lgan.
2007-yil birinchi yakkaxon qo‘shig‘ini chiqargan. Bu qo‘shiq rus radio xit-paradlarining eng zo‘r o‘nligiga kirgan. 

Жасмин Каримова.jpg

Jasmin Karimova

Jasmin Tojikistonda tug‘ilgan. Bolaligi Avstraliya, AQSh va Gollandiyada o‘tgan.
2015-yilda “Голос” loyihasining golland versiyasida Jasmin hakamlarni hayratda qoldirgan. 2017-yilda Levan Goroziya bilan “Doroga” klipini chiqargan. U musiqa bilan shug‘ullanadi, qo‘shiqlar yozadi va konsertlarda qatnashadi.


Bu ham qiziq

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:18 / 19.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
12:43 / 21.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘ …
12:07 / 20.06.2025
Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20-iyun kuni …
15:07 / 19.06.2025
Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Shu munosabat bilan joriy yilda 7 ming 700 ta xonadon qurilishini yakunlash, aholi zich bo‘lgan Shahrisabz va Qarshi shahri,…
17:41 / 20.06.2025
50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.
13:07 / 21.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!