1-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyevni qabul qildi. Ular bir qator masalalarda, jumladan chegaraoldi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida gaplashdi.
Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Bosh vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iz Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyevni qabul qildi.
Uchrashuvda strategik sheriklik munosabatlari muhokama qilindi
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Chegaraoldi hamkorlik yanada kengayadi
Savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, agrosanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!