$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Qashqadaryoda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida janjal yuz berdi

16:11 / 21.06.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi janjal aks ettirilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB rasmiy izoh berdi
 
Qayd etilishicha, voqea shu yilning 18-may kuni soat 11:50larda Qamashi tumani Iftixor ko‘chasida joylashgan “Fayz dehqon bozori” hududida sodir bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-patrul xodimi M.X. “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisining ta’sir doirasida to‘xtab turgan “Kobalt” mashinasi haydovchisiga qoidabuzarligi yuzasidan tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘ragan.

Fuqaro me’yoriy hujjatlarini taqdim qilgandan so‘ng, haydovchilik guvohnomasi unga tegishliligini bilish maqsadida ko‘zoynagi va bosh kiyimini yechishini so‘ragan. Haydovchi bunga e’tiroz bildirib, qog‘oz shaklidagi bayonnoma rasmiylashtirilishini so‘ragan. Huquqbuzarning talabiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, haydovchi mazkur holatdan norozi bo‘lib, tuman prokuraturasiga shikoyat qilgan. Hozirda Qamashi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida YPX xodimi tez tibbiy yordam mashinasi yo‘lini to‘sib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!