Respublika davlat OTM magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Endi mazkur ro‘yxatdan qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat OTM magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari mosligini bilib olish mumkin.
Respublikadagi xorijiy davlatlar OTMlari yoki filiallari bitiruvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlarda qatnashadi.
Quyidagi holatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan istisno kiritilishi mumkin:
– Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomidagi yo‘nalish (mutaxassislik)lar mosligi;
– OTMni amaldagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitirib, ushbu yo‘nalishlar negizida respublika OTMlarida magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lmasa, yoki magistratura mutaxassisliklari kvotasi bo‘lib, ularga muvofiq respublika OTMlari bakalavriati bitiruvchilari bo‘lmasa;
– Tegishli OTMning yozma murojaatiga ko‘ra, harbiy yoki diniy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yo‘nalishlari mos (muvofiq) bo‘lgan taqdirda.
Eslatib o‘tamiz, 2021/2022-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!