O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Bunda, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab nomli davlat stipendiyalarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olayotganidan qat'iy nazar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
2019/2020-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining davlat granti asosida ta'lim olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun stipendiyalarning bazaviy miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilanadi va talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab stipendiyalarga quyidagi tabaqalashtirilgan koeffisientlar qo‘llangan holda amalga oshiriladi:
reyting bo‘yicha eng yuqori ballar (86 — 100 ball) — 1,0;
reyting bo‘yicha yuqori ballar (71 — 85 ball) — 0,75;
reyting bo‘yicha o‘rtacha ballar (55 — 70 ball) — 0,5.
Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Mazkur qaror 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab kuchga ega ekanligi belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001 y., 15-16-son, 105-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!