O‘zbekistondagi turkiyaliklar Sardobadagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yordam qo‘lini cho‘zishdi.
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori falokati tufayli og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga beg‘araz ko‘mak berish maqsadida mamlakatdagi turklar va turk tadbirkorlari, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Turkiyadan salomlar! Sardoba, biz birgamiz!” deb nomlangan jamg‘arma tashkil qilingan edi.
Bugungi kunga kelib jamg‘armada 686,5 million so‘m va 10 300 AQSH dollari miqdorida yordam puli yig‘ildi. Ushbu mablag‘ O‘zbekiston hukumati tomonidan Sardoba uchun ochilgan rasmiy hisobga o‘tkazildi.
– Qiyin ahvolda qolgan sardobaliklar uchun mablag‘ yig‘ish davom etmoqda, - dedi O‘zbekistondagi Turkiya elchisining matbuot maslahatchisi Davud Gazi Benli. – O‘zbekistonda yashaydigan turklar har qanday vaziyatda har doim O‘zbekistonlik birodarlarimizga dalda bo‘lishda davom etadilar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!