$
12509.83 UZS
-79.52
156.55 UZS
-1.09
14520.16 UZS
-136.36
35° Kechasi 21°

Pragada hukumatga qarshi namoyishlar - 120 ming kishi bosh vazir iste'fosini talab qilmoqda

17:10 / 05.06.2019

5 iyun kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘n minglab kishilar mamlakat bosh vaziri Andrey Babishga qarshi norozilik aksiyalari boshlashdi. Reuters xabariga ko‘ra, ular mansabini suiiste'mol qilishda gumonlanayotgan hukumat rahbari iste'fosini talab qilishmoqda.

Tashkilotchilarning baholariga ko‘ra, Pragadagi Vatslavsk maydoniga qariyb 120 ming kishi to‘plangan. Bu aksiya Pragada 1989 yilda o‘tkazilgan «Baxmal inqilobi»dan buyon o‘tkazilgan eng yirik namoyish bo‘lmoqda. 30 yil oldingi namoyishlarda yuz minglab kishilar ishtirok etgan va yakunda huquq faoli Vatslav Gavel ChSSR (Chexoslovakiya) prezidentiga aylangandi.

Bosh vazir va milliarder Andrey Babishga qarshi norozilik kayfiyati aprel oyi oxirida kuchaygandi. O‘shanda Chexiya politsiyasi hukumat rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha sudga tortilishi kerakligini ma'lum qilgandi. Namoyishchilar Chexiya Adliya vazirligining yangi rahbari Mariya Beneshova ham mazkur ishga aloqadorligini gumon qilishmoqda.

Babish ishi Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilgan 2 million yevro miqdoridagi subsidiyani bosh vazir bilan aloqador kompaniya qo‘lga kiritgani bilan bog‘liqdir. Babishning o‘zi ayblovlarni inkor etmoqda va bu ish siyosiy raqiblari tomonidan tashkillashtirilganini iddao qilmoqda.

Ko‘chalarga kimlar chiqdi?

Foto: EPA

«Demokratiya uchun million lahza» guruhi aprel oyi oxiridayoq ommaviy namoyishlarni tashkillashtira boshlagandi. Oxirgi marta, o‘n kuncha muqaddam Vatslavsk maydoniga 50 ming kishi yig‘ilgandi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni namoyishchilar soni ikki barobar ortgan. Bu esa Pragada so‘nggi 30 yildagi eng yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda, deganidir.

Namoyishchilar qo‘llariga Babishning «ket» yozuvi tushirilgan portretlarini ko‘tarib olishgan. Shuningdek, bosh vazir jinoyatlarda ayblangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.

Встроенное видео

Nimalar bo‘ldi?

Andrey Babish
Filip Singer / EPA / Scanpix / LETA

Sobiq kommunist Andrey Babish - Chexiyaning eng badavlat ikkinchi kishisidir.

U 2017 yilda korrupsiyaga qarshi va'dalar bilan ANO partiyasi vakili sifatida hukumat tepasiga kelgan. 

Babishga qarshi kampaniyaga qaramasdan, uning partiyasi o‘tgan haftada Yevroparlament uchun saylovlarda 21,2 foiz ovoz bilan ikkinchi bo‘ldi.

Aprel oyida chex politsiyasi Yevropa Ittifoqi subsidiyalari bilan firibgarlik qilingani bo‘yicha Babishga nisbatan ayblov e'lon qilishni so‘radi. Mojaro fonida Chexiya Adliya vaziri iste'foga chiqdi, ammo namoyishchilar uning o‘rniga kelgan Mariya Beneshovada ham iste'fo talab qilishmoqda.

O‘tgan haftaning juma kunida matbuotda Yevrokomissiyaning Babish bo‘yicha hisobotining qoralamasi e'lon qilindi, unda mualliflar bosh vazir subsidiyalar sifatida berilgan bir necha o‘n million yevro miqdoridagi mablag‘larni YeIga qaytarishi kerakligi bo‘yicha xulosa qilishgandi. 

Babish 2017 yilda, hukumat tepasiga kelishidan ikki oy muqaddam o‘zining Agrofert holdingini o‘g‘li nomiga o‘tkazgandi. Ammo Yevrokomissiyadagilar u hamon guruhdan foyda olmoqda, deb hisoblamoqda.

Babishdan 17,5 million yevroni ortga qaytarishni talab etishlari mumkin. Uning o‘zi barcha ayblovlarni «kir yolg‘on» deb atamoqda.


Bu ham qiziq

Farg‘onada qalbaki pul muomalasi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Farg‘onada qalbaki pul muomalasi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

U 50, 100, 200 ming so‘mlik va 100 AQSh dollarlik kupyuralarni qalbakilashtirgan.
09:24 / 13.08.2025
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Kavkaz davlatining iqtisodi bu tashkilotga salkam qaramlik holatiga kelib qolgan
20:33 / 13.08.2025
UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi

UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi

Yangi reytingda top-10 talikda kutilmagan jamoalar bor
22:19 / 13.08.2025
Xalq banki xodimi bank hisobidagi 9,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib oldi

Xalq banki xodimi bank hisobidagi 9,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib oldi

Xalq banki matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Namangan viloyati Xalq banki Yangiqo‘rg‘on tumani bank xizmatl…
20:29 / 12.08.2025
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi hibsga olindi

Maxsus prokurorning tergovi sobiq prezident Yun Sok Yolning turmush o‘rtog‘iga qarshi jami 16 ta jinoiy ayblovga qaratilgan.
10:57 / 13.08.2025
YaTTlarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

YaTTlarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

“Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to…
13:08 / 13.08.2025
Prezident sun’iy intellektni qo‘llash orqali daromadni 20-30 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkinligi qayd etdi

Prezident sun’iy intellektni qo‘llash orqali daromadni 20-30 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiyot omilini kamaytirish mumkinligi qayd etdi

Bosh vazirga belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi
19:32 / 13.08.2025
Kusherbayev aliment ishi sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Kusherbayev aliment ishi sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15-avgustda bo‘lib o‘tadigan sud tomonlarning roziligiga ko‘ra, ochiq yoki y…
16:09 / 12.08.2025
Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Xabarga ko‘ra, YTH oqibatida hech kim jarohat olmagan.
12:49 / 13.08.2025
Latviyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Latviyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Latviyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida oilasi bag‘riga qaytarildi”…
22:59 / 12.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!