Xabardor.uz: Kinosanoat mahsulotining bir qismini tarixiy filmlar tashkil qiladi. O‘tmishning mashhur shaxslari ko‘pgina rejissyor va ssenariynavislarni yangi asarlar yaratishga ilhomlantiradi.
Oxirgi yillarda Hollivud kinoijodkorlari orasida bayopik janri urf bo‘lmoqda. Misol uchun, oxirgi Oskar taqdimoti marosimida “Eng yaxshi film” nominatsiyasida uchta bayopik janridagi film raqobatlashdi: Ikkinchi Jahon urushi yillarida Germaniyaning “Enigma” shifrlovchi mashinasining kodlarini aniqlash ustida ishlagan britaniyalik kriptograf Alan Tyuring haqidagi “Imitatsiya o‘yini” (bosh rolni Benedikt Kamberbetch ijro etgan), zamonamizning eng buyuk olimlaridan biri Stiven Xokingga bag‘ishlangan “Stiven Xoking olami” (bosh rolda Eddi Redmeyn) va amerikalik harbiy Kris Kaylning hayoti to‘g‘risidagi “Snayper” (bosh rolda Bredli Kuper o‘ynagan) filmlari.
Boshqa filmlarni ham eslash mumkin. Aytaylik, rossiyalik kinochilarning “17-raqamli afsona” nomli yangi filmida aktyor Danila Kozlovskiy afsonaviy xokkey ustasi Valeriy Xarlamovni jonlantirdi.
Tarixiy shaxslarning ayrimlari odamlar ichida, xususan, kino muxlislari orasida ham ancha taniqli bo‘lib ulgurgan. Muhammad Alining yoki Valeriy Xarlamovning qiyofasi ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lsa kerak. Lekin bir guruh tarixiy shaxslar borki, ularning nomi tilga olinganda kino ishqibozlari ko‘z o‘ngida aktyorlarning qiyofasi gavdalanadi. Vaholanki, bu rollarga tanlangan aktyorlarning ko‘rinishi ba'zan filmlarda jonlantirilayotgan shaxslarning asl qiyofasiga mutlaqo o‘xshamaydi. Rejissyorlar aktyorlarni qay darajada muvaffaqiyatli tanlagan – bunga quyidagi fotojamlanma orqali o‘zingiz baho berishingiz mumkin.
1. Ayollar “o‘lim bataloni” komandiri Mariya Bochkaryova (chap tomonda) va “Batalon” filmida uni jonlantirgan aktrisa Mariya Aronova.
2. Kurashchi Ivan Poddubniy va shu nomli filmda uning ekrandagi obrazini yaratgan Mixail Porechenkov.
3. Qizil armiya diviziya komandiri Vasiliy Chapayevning surati; Boris Babochkin “Chapayev” filmida.
4. Xokkeychi Valeriy Xarlamov; “17-raqamli afsona” filmida uning rolini ijro etgan aktyor Danila Kozlovskiy.
5. Ivan Grozniy XVIII asr suratida; “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi” filmida uni jonlantirgan aktyor Yuriy Yakovlev.
6. Imperator Nikolay II va “Rasputin” filmida uning rolini ijro etgan Vladimir Mashkov.
7. Rus yozuvchisi va dramaturgi Nikolay Gogol; “Bastakor Glinka” filmida Gogol qiyofasida chiqqan Georgiy Vitsin.
8. Ingliz nazariyotchisi Stiven Xoking; aktyor Eddi Redmeyn “Stiven Xoking olami” filmida.
9. Ingliz matematigi va kriprografi Alan Tyuring; Benedikt Kamberbetch Tyuring obrazida.
10. Afsonaviy bokschi Muhammad Ali va Uill Smit “Ali” filmida.
11. Amerikalik muhandis va tadbirkor, aviatsiya asoschilaridan biri Xovard Xyuz; Leonardo di Kaprio “Aviator” filmida Xyuz obrazida.
12. Oskar Shindler, Xolokost yillarida 1200 yahudiyni asrab qolgan nemis tadbirkori; Liam Nison “Shindler ro‘yxati” filmida.
13. Matematik, Nobel mukofoti sovrindori Jon Forbs Nesh; aktyor Rassel Krou “Tafakkur o‘yinlari” filmida Nesh obrazini jonlantirmoqda.
14. AQShning 26-prezidenti Teodor Ruzvelt va uning ekrandagi in'ikosi Robin Uilyams ijrosida.
15. Apple korporatsiyasi asoschisi Stiv Jobs; Eshton Katcher “Jobs: havas saltanati” filmida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!