$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Prezident farmoni «paynetchilar» masalasini hal etdi

10:38 / 29.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan boshlab kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

 Masalan, barcha tushumi 100 million so‘mdan ortgan «paynetchilar»  ko‘rsatilgan xizmat uchun realizatsiya qilingan summaning 2,5 foizi miqdorida haq oladi. Shunga qaramay, ular yakka turdagi tadbirkor sifatida barcha tushumning 4 foizi miqdorida soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan ushbu masalaga yechim taklif etildi: endilikda ta'kidlangan toifadagi tadbirkorlar realizatsiya qilingan summadan (2,5 foizli haq) chorak qismini soliq sifatida to‘laydi.

Shuning bilan bir qator masalalar ham hal etildi. Xususan, 4,5 mingga yaqin telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar  ish o‘rnini barqaror saqlab qoladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchi tadbirkorlar onlayn pul o‘tkazmalar orqali xizmat ko‘rsatish, bir vaqtning o‘zida xufiyona iqtisodiyotga qochmaydi.

Ma'lumot uchun, 2018 yilda telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlari tomonidan  7 milliard so‘mga teng summa realizatsiya qilingan.


Bu ham qiziq

Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar borligini ta’kidladi
19:48 / 11.09.2025
Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
21:34 / 10.09.2025
11-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sha…
21:18 / 10.09.2025
Nukusda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Nukusda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Milliy gvardiyaning O‘zAga ma’lumot berishicha, joriy yilning 10-sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida, amaliy o‘quv mash…
14:31 / 11.09.2025
Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiy…
18:28 / 10.09.2025
O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

O‘zbekistonga qaysi davlat talabalari eng ko‘p o‘qish uchun kelgan?

Bu boradagi statistika bilan tanishamiz
17:54 / 10.09.2025
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Umummilliy ro‘yxatga olish mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladi
22:34 / 11.09.2025
TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

Avvalroq “Tolibon” O‘zbekiston hukumati bunga rozi bo‘lganligi haqida xabar bergandi
22:51 / 11.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov …
19:50 / 10.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!