2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Bu haqda Birja Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha esa 21 foizga o‘sdi.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi jismoniy shaxslar, 9 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.
O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foizi – ikkinchi, 13 foizi – uchinchi, 9 foizi – to‘rtinchi, 9 foizi – beshinchi va 10 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48 foiz) Samarqand va Farg‘ona (8 foizdan), Namangan va Andijon (6 foizdan), hamda Buxoro (5 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – Davlat byudjetiga, 20 foizi – IIVning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!