$
12915.07 UZS
15.07
156.43 UZS
-0.89
14659.90 UZS
64.84
35° Kechasi 18°

“1xbet” o‘yinlarida yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi

09:34 / 19.11.2021

2021-yil 18-noyabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan B. R. mazkur hududda joylashgan qabristonda o‘zini osib joniga qasd qilgan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea joyida tuman prokuraturasi hamda tuman IIB tergov-tezkor guruhi chiqib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida B.R. Farg‘ona Davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelganligi, “1xbet” bukmekerlik kompaniyasi orqali qimor o‘yinlari o‘ynab kelganligi, 16-noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi “Hurshidbek” ismli shaxsdan mazkur qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57 mln so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olganligi va “1xbet” o‘yinlarida mazkur pullarni yutkazib qo‘yganligi, mazkur pullarni 18-noyabr kuni qaytarib berishni va’da qilib, uyidan olib kelib berishini aytganligi aniqlangan.

Shuningdek, u oila a’zolariga o‘sha kuni telefon raqami orqali uni qabristondan topishlari to‘g‘risida sms-xabarnoma yuborgan. Oila a’zolari uni shu kuni soat 17:30 lar atrofida o‘zi istiqomat qilib kelgan MFY qabristonidan osilgan holatda topishgan.

Mazkur holat yuzasidan B.R. ning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Shuningdek, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlash bo‘yicha tuman IIBga alohida topshiriq yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi O.K.Valijonov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Maktab…
14:15 / 04.05.2025
Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yilgi haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar…
14:15 / 03.05.2025
Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025
Toshkent — Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

Toshkent — Xo‘jakent kabi shahar atrofida harakatlanuvchi poyezdlar biletini onlayn olish mumkin

O‘zbekistonda shaharlar atrofida harakatlanadigan poyezdlarga chiptalarni onlayn olish imkoni yaratildi, deya xabar berdi “O…
15:26 / 04.05.2025
Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025
4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
22:10 / 03.05.2025
Toshkentda Orlando yonib ketdi

Toshkentda Orlando yonib ketdi

Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in …
12:52 / 03.05.2025
Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metanning keskin ko‘tarilishi fonida sakkiz kun ichida propan narxi 1130 so‘mdan ortiqqa yoki 21,4 foizga oshgan.
19:07 / 03.05.2025
5-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-may kuni Toshkent shahrida havo biroz …
22:23 / 04.05.2025
Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Apple xakerlarning global hujumidan ogohlantirmoqda

Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
11:03 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!