$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

UzAuto Motors mijozlariga Captiva 5 yetkazib berishni to‘xtatganini rasman e’lon qildi va bu uchun “cheksiz uzr” so‘radi

09:14 / 20.11.2021

“UzAuto Motors” kompaniyasi  Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatishga majbur. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinchi bor yuz berishi, lekin, biz  bugungi kunda jahon avtomobil sanoati og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir necha bor xabar qilganmiz. 
Shu munosabat bilan, “UzAuto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi o‘z mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr so‘raydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qayg‘urib , qabul qilingan qarori yagona to‘g‘ri qaror ekanligiga ishonadi”, – deyiladi rasmiy izohda. 

Kompaniyaning ta’kidlashicha, mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi

Bundan tashqari, yangi krossover sotib olish ehtiyojida bo‘lgan xaridorlar o‘z xohishiga ko‘ra, Chevrolet Captiva 5 avtomobili o‘rniga Chevrolet Equinox yoki Tracker modellarini  xarid qilishlari mumkin. Almashtirilgan avtomobillarni yetkazib berish muddati Chevrolet Captiva 5 uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 2022-yil yanvar oyidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, “UzAuto Motors” kompaniyasi  xaridorlarga yuqorida ko‘rsatilgan muddat asosida Captiva 5  avtomobili o‘rniga Malibu, Cobalt yoki Trailblazer avtomobillarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni ham taklif qilmoqda.

 


Bu ham qiziq

Vetnam o‘zbekistonliklar eng ko‘p borayotgan davlatlardan biriga aylandi

Vetnam o‘zbekistonliklar eng ko‘p borayotgan davlatlardan biriga aylandi

Statistika qo‘mitasi bu borada 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomidagi natijalarni taqdim etdi
18:35 / 20.07.2025
21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi
22:19 / 20.07.2025
Toshkentda avtobus yonib ketdi

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
14:18 / 20.07.2025
Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025
Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Kamchatkada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Epitsentr Tinch okeani akvatoriyasida joylashgan.
15:22 / 20.07.2025
Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Isroil G‘azo sektorida yangi harbiy operatsiyaga tayyorlanmoqda

Hukumat tomonidan SAXAL jangchilariga yangi buyruq berilgan
20:50 / 20.07.2025
Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 21-iyul uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
16:36 / 20.07.2025
Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025
O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi yangi madaniyat elchisi tayinlandi

Ushbu lavozimga asl kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan inson tayinlandi
19:46 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!