$
12920.16 UZS
-13
158.61 UZS
0.33
14681.18 UZS
-38.05
28° Kechasi 17°

Oʻzbekistonda “Silk Avia” yangi aviakompaniyasi tashkil etilmoqda

19:52 / 25.11.2021

“Uzbekistan Airport” AJ Oʻzbekiston transport vazirligi tashabbusi bilan “Silk Avia” mintaqaviy shoʻba aviakompaniyasini tashkil etmoqda. Yangi aviatashuvchi parvozlarni kelgusi yildan boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airport” xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Silk Avia” aviakompaniyasi Dubay shahrida 14 — 18-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan “Dubay Airports-2021” Xalqaro aviasalon doirasida, joriy yilning sentabr oyida roʻyxatdan oʻtgan.

Unda “Uzbekistan Airport” hamda “HAS Aviation GT LLC” kompaniyasi mintaqaviy aviakompaniya tashkil etish Strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzolagan.

Taʼkidlanishicha, mintaqaviy aviakompaniyaning tashkil etilishi Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligini ragʻbatlantirish va ichki turizmni rivojlantirish yoʻlidagi shart-sharoitlarni yaratish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu oʻz navbatida aholining aviatsiya harakatchanligi koeffitsiyentining ortishiga taʼsir qiladi.

“Biz bozorda oʻzbekistonliklar uchun arzon narxlarda ichki aviatashuvlarni taʼminlaydigan aviakompaniya tashkil etishni maqsad qilib qoʻydik. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekiston shaharlarini bogʻlaydigan toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlarning yoʻqligi katta muammo edi. Samarqanddan Xorazmga borish uchun yoʻlovchilar Toshkent orqali uchishlari kerak edi.

Bizning vazifamiz — ichki tashuvlarni nafaqat “point to hub” (poytaxtdan hududlarga), balki “point to point” (mintaqalar orasida) modeli asosida ham tashkil etishdir.

40ga yaqin yoʻnalishlar va 70 kishiga qadar yoʻlovchi tashish quvvatiga ega mintaqaviy samolyotlarni sotib olish rejalashtirilgan. Tariflar temir yoʻl tariflariga muvofiqlashtiriladi.

Bu ichki turizmni rivojlantirishga va isteʼmolchi uchun aviachiptalarning yakuniy qiymatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”, — deydi “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

Maʼlum qilinishicha, kelgusida aviakompaniya xususiy sektorga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Keltirilishicha, “Silk Avia” oʻzini “Uzbekistan Airways” milliy aviatashuvchisining raqibi sifatida namoyon qilmaydi, balki ichki tashuvlarni tashkil etish boʻyicha hamkor sifatida faoliyat yuritadi.


Bu ham qiziq

“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

Qarorga ko‘ra, Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning…
11:51 / 29.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
Endi bo‘lajak pedagoglar faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida o‘qitiladi

Endi bo‘lajak pedagoglar faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida o‘qitiladi

2026/2027-o‘quv yilidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish…
12:50 / 29.04.2025
1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:21 / 30.04.2025
KXDRning taxminan 600 nafar harbiylari Ukraina urushida halok bo‘lgan

KXDRning taxminan 600 nafar harbiylari Ukraina urushida halok bo‘lgan

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR Rossiya tomonida urushda qatnashish uchun Ukrainaga taxminan 15 ming na…
16:30 / 30.04.2025
Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Zamonamiz texnologik taraqqiyoti insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirmoqda.
11:13 / 29.04.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

2025-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingni tashkil etdi. B…
21:14 / 29.04.2025
30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
21:49 / 29.04.2025
Farg‘ona tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Farg‘ona tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga …
18:31 / 29.04.2025
Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!