$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
35° Kechasi 20°

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuv tuzildi

22:14 / 25.04.2025

Joriy yil 24-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Q.Q.Toshiyev raisligida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida  O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi loyiha chizig‘ining chegaraning oxirgi tartibga solinmagan uchastkasidan o‘tishi to‘g‘risidagi  Bayonnoma hamda  O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  o‘rtasidagi “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish  to‘g‘risidagi Bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.

Tomonlar “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz  foydalanishi, o‘zbek tomoni buloqda shakllanadigan suv hajmining uchdan ikki qismidan foydalanishini ta’minlash hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni  o‘zbek tomoni bilan  muvofiqlashtirish to‘g‘risida  kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tomonlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida ikki mamlakat fuqarolarining “Chashma” bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

Tomonlar O‘zbekiston qisqa muddat ichida Respublikasi Hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida “Chashma” bulog‘idan birgalikda  foydalanish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegarasi uchastkasi to‘g‘risida shartnomani  muvofiqlashtirish va imzolashga kelishib oldi.

Muzokaralar davomida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarning holati va ish tartibi bo‘yicha umumiy pozitsiyalar ham kelishib olindi. O‘zbek-qirg‘iz  Davlat chegarasi orqali  fuqarolarning qatnovi va yuk tashishlarini sezilarli darajada yengillashtirishga yordam berayotgan o‘tkazish punktlari bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilayotgan ikki tomonlama muzokaralarga yuqori baho berildi.

Ikki mamlakat fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2004-yildagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston  Davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imkon qadar tezroq imzolash muhimligi qayd etildi.

Tomonlar tez orada ikki mamlakat vakolatli organlari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldi.

Qabul qilingan qarorlar ikki qardosh davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, tinchlik va hamjihatlik chegarasiga aylantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga to‘la mos keladi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli Bayonnoma  imzolandi.

 


O‘zbekiston


														
														Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni to‘xtatdi

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni to‘xtatdi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Saudiya Arabistoniga kirish uchun elektron turistik viza olish imkoniyatini yo‘qotdilar.
17:13 / 27.04.2025

														
														Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloq…
16:16 / 27.04.2025

														
														Bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida ishtirok etadi

Bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida ishtirok etadi

Bir necha o‘yindan beri maydonga tushmayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov aynan bugun o‘yin amaliyotiga ega b…
14:12 / 27.04.2025

														
														Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshken…
13:04 / 27.04.2025

														
														O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibrohimov ikki davlat o‘rtasida turizm hamkorligini mustahkamlash muhimligi…
11:41 / 27.04.2025

														
														O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘li bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini ikki yilga uzaytirdi. …
11:02 / 27.04.2025

														
														Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

O‘zbekiston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampga mamlakatga tashrif buyurish uchun rasmiy taklifnoma yubordi. Bu haqda AQ…
10:11 / 27.04.2025

														
														Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodd…
09:35 / 27.04.2025

														
														Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi aniqlandi

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
08:23 / 27.04.2025

														
														Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi tan jarohati olganligi aks etgan fotolavhalar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘…
22:14 / 26.04.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025
Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqargani uchun 173 nafar shaxs ozodlikdan m…
10:21 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo…
21:32 / 26.04.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘li bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini ikki yilga uzaytirdi. …
11:02 / 27.04.2025
Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodd…
09:35 / 27.04.2025
Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin

O‘zbekiston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampga mamlakatga tashrif buyurish uchun rasmiy taklifnoma yubordi. Bu haqda AQ…
10:11 / 27.04.2025
Bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida ishtirok etadi

Bugun “Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finalida ishtirok etadi

Bir necha o‘yindan beri maydonga tushmayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov aynan bugun o‘yin amaliyotiga ega b…
14:12 / 27.04.2025
Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibrohimov ikki davlat o‘rtasida turizm hamkorligini mustahkamlash muhimligi…
11:41 / 27.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!