$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Mobiuz kompaniyasi xalqaro sotuvga qo‘yildi

10:13 / 10.06.2025

Mobiuz mobil aloqa operatorini sotib olishga qiziquvchilardan arizalar qabuli boshlandi. Sanksiyaga tushgan va sanksion ro‘yxatdagi subyektlar bilan aloqalarga ega investorlar xususiylashtirishda qatnasha olmaydi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ (savdo belgisi – Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro ochiq savdo jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Rothschild & Co xalqaro investitsiya banki bitim bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant sifatida jalb etilgan. Moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (“vendor due diligence”) o‘tkazish KPMG‘ga topshirilgan. Deloitte mustaqil baholovchi sifatida ishtirok etadi.

2024-yil yakuniga ko‘ra, Mobiuz’ning sof tushumi 2 086 mlrd so‘mni, abonentlari soni 7,8 mln nafarni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, xususiylashtirish ochiq raqobat asosida amalga oshiriladi, unda ham mahalliy, ham xalqaro darajada barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

Savdo uch bosqichda amalga oshiriladi:

– sotib olishga qiziqish bildirish;

– majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni qabul qilish;

– majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni qabul qilish.

Qiziqish bildirish to‘g‘risidagi arizalar 2025-yil 1-avgust Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Kelib tushgan arizalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

– aktivni sotib olish uchun moliyaviy resurslarning yetarliligi;

– xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;

– “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga rioya etilishi;

– talabgor va uning aksiyadorlari/ishtirokchilarining hech biri davlat kompaniyasi emasligi;

– talabgor va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi;

– ariza topshirilgan sanada talabgor sanksiyalangan shaxs yoki yuqorida aytib o‘tilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti bo‘lmasligi;

– talabgor va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar rejimiga zid har qanday faoliyatga (to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki biron bir shu’ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bo‘lishi;

– talabgor va uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari bo‘lmasligi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida imzolangan prezident farmoniga asosan, sotiladigan yirik kompaniyalar ro‘yxatiga Mobiuz’dan tashqari UzAuto Motors, GTL, “O‘zmetkombinat” va boshqalar ham kiritilgan edi.


O‘zbekiston


														
														14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025

														
														Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025

														
														Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025

														
														Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025

														
														Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025

														
														13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025

														
														Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025

														
														Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025

														
														Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025

														
														Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025

Bu ham qiziq

Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi

Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbat…
13:13 / 11.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Jizzaxda MChJ 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
11:19 / 12.06.2025
Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025
Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy qilindi

Los-Anjeles politsiya departamenti komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, shahar markazida odamlar to‘planishda davom …
11:17 / 11.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddat…
15:26 / 10.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!