$
12618.63 UZS
-49.51
160.83 UZS
-0.32
14516.47 UZS
-124.1
36° Kechasi 23°

Toshkentda qiymati 4,5 mlrd so‘mdan ortiq sifatsiz dori vositalari savdosining oldi olindi

09:26 / 18.06.2025

1949-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 1979-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini Olmazor tumanidagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi “Trenaksa”, “Sumamigren”, “Femileks” kabi jami 72 nomdagi 3615 quti dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ota-bolalar O‘zbekistonga noqonuniy olib kelingan bunday dori vositalarini muntazam ravishda vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilib, poytaxtdagi mijozlarga sotish bilan shug‘ullanishgan.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari davlat reyestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan hamda ularni maxsus sharoitlarda saqlashning belgilangan qoidalariga amal qilinmagan. Shu sababli mazkur dori vositalarini O‘zbekistonda saqlash, sotish, tashish va tibbiyotda qo‘llash taqiqlanadi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25 orqali 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahridagi dorixonalardan birida sotish uchun saqlab kelinayotgan, shubha uyg‘otuvchi 456 turdagi 57407 dona dori vositalari, 18 turdagi 835 dona dori vositalarining yasama bo‘sh qutilari hamda 1 dona dori tayyorlash moslamasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, dori vositalarning umumiy qiymati 3,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, ushbu dori vositalarining 160 turdagisi davlat reyestrida qayd etilmaganligi, 274 turdagisiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi, 50 turdagisi sifatsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan hamda 7 turdagisi esa qalbakilashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan dorixona mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.
11:48 / 19.06.2025

														
														Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

U odam savdosi jinoyati bilan qidiruvda bo‘lgan.
10:15 / 19.06.2025

														
														Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

U o‘qituvchilarga davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan.
09:44 / 19.06.2025

														
														Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.
17:04 / 18.06.2025

														
														Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yur…
16:19 / 18.06.2025

														
														Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025

														
														19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:10 / 18.06.2025

														
														Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Kecha, 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli arch…
13:55 / 18.06.2025

														
														Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
12:49 / 18.06.2025

														
														O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari q…
11:08 / 18.06.2025

Bu ham qiziq

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
12:49 / 18.06.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi e’lon qilindi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, Ro‘ziboyev 17-avgust kuni Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turnirida oktagonga ko‘tariladi.
10:29 / 18.06.2025
19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:10 / 18.06.2025
Qozog‘istonda Mirziyoyev va Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda Mirziyoyev va Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
14:19 / 17.06.2025
Qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jazo qo‘llanilmaydi

Qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jazo qo‘llanilmaydi

Endilikda palasani bosganlik holati kameraga qayd etilmaydi.
15:07 / 17.06.2025
O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ertaga, 18-iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:21 / 17.06.2025
Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

U o‘qituvchilarga davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan.
09:44 / 19.06.2025
O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tushuntirish berdi.
17:57 / 16.06.2025
Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Agentlik ma’lumot berishicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1…
11:29 / 17.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!