Kecha, 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash hududda quruq o‘tlar yonganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, tegishli xizmatlar va ko‘ngillilar hamkorligidagi harakatlar natijasida 3 gektar maydondagi yong‘in o‘chog‘i 18-iyun kuni soat 07:10 da bartaraf etilib, keng maydonlarga tarqalishi oldi olingan.
Yong‘inni bartaraf etishga viloyat FVBdan 85 nafar shaxsiy tarkib, 4 ta texnika, O‘rmon xo‘jaligi bo‘limidan 40 nafar xodim, 4 ta texnika, IIBdan 6 nafar xodim, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi va bitta harbiy vertolyoti, mahalliy aholidan 40 nafar ko‘ngilli jalb etilgan.
Shuningdek, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish jarayonida yong‘in o‘chog‘ini monitoring qilish uchun Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz uchish vositalaridan ham unumli foydalanilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!