$
12531.78 UZS
75.53
159.82 UZS
1.46
14538.12 UZS
76.41
31° Kechasi 20°

Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

10:49 / 25.06.2025

O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasidagi muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, agentlik rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell  o‘rtasida O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Konstruktiv muloqotda, noqonuniy migratsiyani oldini olish, inson huquqlarni himoyalovchi, qulay, shaffof tashkillashtirilgan migratsiya mexanizmlarini yaratish masalasi muhokama qilingan.

Bugungi kunda Shvetsiyadagi demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgani va O‘zbekiston ushbu mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlash va olib kirish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.

Tomonlar quyidagi asosiy tashabbuslarni ilgari surdi:

– ikki mamlakat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish;

– qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar yo‘nalishlariga ish beruvchilar talabi asosida o‘zbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va Shvetsiyada bandligini ta’minlashga qaratilgan pilot loyihalarini boshlash.

Shuningdek, uchrashuv doirasida migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

“Ishonchim komilki bugun imzolangan tarixiy hujjat, O‘zbekiston—Shvetsiya munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, va kelajakdagi faol hamkorligimiz uchun muhim qadam bo‘ldi”, – dedi Shvetsiya migratsiya vaziri Johan Forssell.

2024-yilning iyulida Migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda  ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashilgan edi.

 


O‘zbekiston


														
														“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025-yil 22-iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish…
14:30 / 26.06.2025

														
														Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025

														
														O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda jami 201 ta oliygoh faoliyat yu…
12:14 / 26.06.2025

														
														Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
11:55 / 26.06.2025

														
														O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 12 kishi BAAda ushlandi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 12 kishi BAAda ushlandi

“Bu shaxslar mamlakat sud organlari oldida javob berish va munosib jazo olish uchun topshiriladi”, – deyiladi xabarda.
10:11 / 26.06.2025

														
														Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, yong‘in 15:21 da o…
15:54 / 25.06.2025

														
														26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
14:41 / 25.06.2025

														
														Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p q…
14:19 / 25.06.2025

														
														O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari…
12:58 / 25.06.2025

														
														O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish h…
12:27 / 25.06.2025

Bu ham qiziq

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
14:41 / 25.06.2025
O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025
Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

“Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Biz Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak”, — degan Fridrix Mers.
10:52 / 26.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
17:33 / 25.06.2025
Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, yong‘in 15:21 da o…
15:54 / 25.06.2025
Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
14:55 / 24.06.2025
Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
11:55 / 26.06.2025
Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
17:03 / 24.06.2025
Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92 prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiri…
09:23 / 25.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!