$
12109.02 UZS
75.74
150.31 UZS
1.01
14139.70 UZS
78.81
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

12:14 / 26.06.2025

O‘zbekistonda 2025/26-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etgan.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

– o‘zbek tili  — 644 027 nafar;

– rus tili  — 71 476 nafar;

– qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar;

– boshqa tillar — 1 949 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

– erkaklar — 346 299 nafar;

– ayollar — 386 112 nafar.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi.

So‘nggi yetti yilda o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni:

– 2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;

– 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;

– 2021-yil — 948 ming 211 nafar;

– 2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;

– 2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;

– 2024-yil — 894 ming 279 nafar;

– 2025-yil — 732 ming 411 nafar.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishi mumkin.

Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m to‘lashi kerak. To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Quyidagi toifa abituriyentlar ham to‘lovdan ozod etilgan:

– Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;

– to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;

– nogironligi bor shaxslar;

– ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda jami 201 ta oliygoh faoliyat yuritmoqda.


O‘zbekiston


														
														Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 128,6 trln so‘mlik oziq-…
15:28 / 09.01.2026

														
														Toshkentda taksichilardan pul talab qilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda taksichilardan pul talab qilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Guruh a’zolari Toshkent viloyatidan Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga qatnovchi taksi haydovchilarini qo‘rqitib, o‘zbos…
14:25 / 09.01.2026

														
														Ombudsman Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi

Ombudsman Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi

Unga ko‘ra, Alisher Tursunov tibbiy yordamdan shikoyati yo‘qligini, sog‘lig‘i doimiy nazoratda ekanini ma’lum qilgan.
13:02 / 09.01.2026

														
														Samarqandda 15 yoshli bola uylangani rostmi?

Samarqandda 15 yoshli bola uylangani rostmi?

Ma’lum bo‘lishicha, N.A. ikki alohida joyda olingan tasvirlarni montaj qilib, yagona videorolik shakliga keltirgan va uni ob…
12:00 / 09.01.2026

														
														Samarqandda ayol chaqalog‘ini chiqindi qutisiga tashlab ketdi

Samarqandda ayol chaqalog‘ini chiqindi qutisiga tashlab ketdi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘uruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutis…
11:27 / 09.01.2026

														
														Buxoroda yangi aeroport ishga tushiriladi

Buxoroda yangi aeroport ishga tushiriladi

Buxoro xalqaro aeroporti direktori o‘rinbosari Shahboz Hayitov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qili…
10:22 / 09.01.2026

														
														Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
09:27 / 09.01.2026

														
														O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 66,31 milliard dollarni tashkil etib, ketma-ket beshinchi oy rekord o‘rnatdi.
17:31 / 08.01.2026

														
														Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan fuqaro 8,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan fuqaro 8,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum fuqarolar tomonidan bo‘rini ushlab, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linayotgani…
16:18 / 08.01.2026

														
														O‘zbekistonda 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda – Din ishlari qo‘mita

O‘zbekistonda 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda – Din ishlari qo‘mita

Bugungi kunda respublikada 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mat…
16:02 / 08.01.2026

Bu ham qiziq

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026
O‘zbekistonda birinchi milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda birinchi milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda BONU AGI deb nomlangan mamlakat tarixidagi ilk milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Buyuk…
11:36 / 08.01.2026
AQShda immigratsiya xizmati xodimi bir ayolni otib o‘ldirdi

AQShda immigratsiya xizmati xodimi bir ayolni otib o‘ldirdi

BBC xabar berilishicha, AQShning immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) xodimi Minneapolisda o‘tkazilgan reyd vaqtida 37 yosh…
12:20 / 08.01.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 128,6 trln so‘mlik oziq-…
15:28 / 09.01.2026
Buxoroda yangi aeroport ishga tushiriladi

Buxoroda yangi aeroport ishga tushiriladi

Buxoro xalqaro aeroporti direktori o‘rinbosari Shahboz Hayitov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qili…
10:22 / 09.01.2026
Tunnelda ayolga nisbatan uyatsiz harakat qilgan erkak ushlandi

Tunnelda ayolga nisbatan uyatsiz harakat qilgan erkak ushlandi

Mazkur holatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
15:54 / 07.01.2026
Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
09:27 / 09.01.2026
Yo‘lovchi vagonlarini yangilash uchun “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ 143 mln dollar kredit oladi

Yo‘lovchi vagonlarini yangilash uchun “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ 143 mln dollar kredit oladi

“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun 143 million dollar miqdorida kredit oladi.
17:59 / 07.01.2026
O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

O‘zbekistonda havo ifloslanishini kuchaytirgan harorat inversiyasi 16—17-yanvarga qadar saqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Ekol…
11:43 / 08.01.2026
O‘zbekiston maktablarida kasbga yo‘naltirish 7-sinfdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida kasbga yo‘naltirish 7-sinfdan boshlanadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida kasblarni rivojlanti…
15:36 / 08.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!