Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan fuqarolarni legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi.
Erishilgan muhim natijalar:
– Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan hamyurtlarimizni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi;
– Qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy maqom berishga kelishildi;
– Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayollarimizga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi;
– 28 nafariga “vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi;
– O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi yangi bitim ishlab chiqishga kelishildi.
“Barcha fuqarolarimizni qonuniy ishlashga chaqiramiz”, – deyiladi agentlik xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!