Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijda yashab, o‘qiyotgan maktab o‘quvchisi ta’til kunlarida buvisini ko‘rgani Samarqandga kelgan. Nafas olishda qiyinchilik sezgani sababli u 1-iyul kuni buvisi bilan viloyat markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Shifokorlar jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarurligini bildirgan.
Tibbiy muassasa vakillarining aytishicha, operatsiyadan so‘ng bemorning salomatligi yomonlashgan va afsuski, vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!