$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Bu yilgi test sinovlari uchun qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi?

19:44 / 11.07.2025

2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda amalga oshirildi. Bu davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 671 397 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 426 685 nafari (63,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 244 712 nafari (36,4 %) esa oldingi yillar bitiruvchilari hisoblanadi.

Abituriyentlarning 53,8 foizini (361 019 nafar) xotin-qizlar, 46,2 foizini (310 378 nafar) erkaklar tashkil etdi.

Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga 39 307 nafar abituriyent hujjat topshirdi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan xalqaro sertifikatlar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Natijada 18 854 ta sertifikat haqiqiy deb topildi va tan olindi. 3 370 ta sertifikat esa belgilangan talabga javob bermagani sababli rad etildi.

Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 678 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.

85 140 nafar abituriyent umumta’lim fanlaridan, 58 216 nafari esa chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekani aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda mos ravishda 13 180 va 44 834 nafarni tashkil etgan.

Joriy yildan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga faqat til sertifikatiga ega abituriyentlar qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos kelgan abituriyentlar soni 22 041 nafarga yetdi.

Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun 3 mingdan ortiq jamoatchilik vakillari guruh nazoratchilari sifatida jalb qilindi. Shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlar uchun 100 nafarga yaqin surdotarjimon ishtirok etadi.

Test sinovlari 14–23 iyul kunlari ikki smenada o‘tkaziladi. 65 ta katta sig‘imli bino tanlab olingan bo‘lib, har kuni ikki smenada 70 140 nafargacha abituriyent test sinovlaridan o‘tadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7-iyuldan boshlab 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilmoqda. Imtihon sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyentlarning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan. Ulardan imtihon boshlanishidan bir soat oldin belgilangan joyga kelish so‘raladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga hujjat topshirish 10-iyul kuni yakunlandi. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilindi. Hozirgacha 49 mingdan ortiq ariza qabul qilingan.

Bitiruvchilar texnikumlar qabuliga ham shu portal orqali bir vaqtning o‘zida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu ularning alternativ ta’lim yo‘nalishini tanlashlariga sharoit yaratdi. Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish 20-iyulgacha davom etadi. Ayni paytgacha 135 mingdan ortiq abituriyent texnikumlarga hujjat topshirgan.

Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulgacha amalga oshiriladi. Tanlovda milliy yoki xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun diplomlar kech taqdim etilishini inobatga olgan holda, ularga akademik ma’lumotnoma va transkript asosida ariza topshirishga ruxsat berildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi abituriyentlar, xususan, ko‘zi ojizlar uchun magistraturaga kirishda alohida tartib joriy qilindi. Ular uchun til sertifikati talabi bekor qilinadi. Agar bakalavr diplomidagi o‘rtacha ball 100 ballik tizimda 71 yoki undan yuqori, 5 ballik tizimda esa 4 yoki undan yuqori bo‘lsa, ular qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.


O‘zbekiston


														
														Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

														
														Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025

														
														Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025

														
														Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

														
														G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025

														
														16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025

														
														Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025

														
														Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!