AQShning Luiziana shtati, Nyu-Orlean shahrida joylashgan Smoothie King Center majmuasida UFC 318 turniri bo‘lib o‘tdi.
UFC raqamli kechasining markaziy jangida yengil vazn toifasida BMF kamari sohibi, Gavayi orollari vakili Maks Hollouey hamda ushbu vazn toifasida vaqtinchalik kamarning sobiq egasi Dastin Porye o‘rtasida kechdi.
5 raund etib belgilangan va ayovsiz kurashlar boy tarzda o‘tgan titul jangi to‘liq davom etdi. Hakamlar bir ovozdan Holloueyni g‘olib deb topishdi.
Bu UFCning afsonaviy jangchisi, “kamarsiz chempion” Dastin Porye uchun faoliyati davomidagi so‘nggi jangi edi. Shu tarzda amerikalik jangchi MMA rekordi 30 g‘alaba va 10 mag‘lubiyatga yetganda faoliyatini yakunladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!