$
12593.77 UZS
90.78
158.49 UZS
2.55
14698.19 UZS
213.48
38° Kechasi 25°

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalariga chet el ta’sirini chekladi

15:01 / 07.08.2025

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ommaviy axborot vositalariga oid yangi qonunni imzoladi. Ushbu qonunda chet ellik egalari uchun cheklovlar va internet platformalarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati belgilangan.

Prezident Sadir Japarov “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjatda tahririyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularning ishlash qoidalari va huquqiy maqomi, shuningdek, jurnalistlar uchun javobgarlik va kafolatlar ko‘rsatilgan. Qonunning asosiy qoidalarini Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.

Qonunga ko‘ra, chet el fuqarolari va kompaniyalari Qirg‘izistonda faoliyat yurituvchi OAV ustav kapitalida 35 foizdan ortiq aksiya, ulush yoki payga ega bo‘la olmaydi.

Tahririyatlarga anonim manbani — ya’ni ma’lumot bergan shaxsni fosh etmaslik huquqi saqlab qolingan. Bu huquq faqat sud qaroridan keyingina cheklanishi mumkin.

Qonun senzura va mansabdor shaxslar tomonidan har qanday shakldagi bosimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlaydi. Shuningdek, tahririyat yoki muassis faoliyatiga aralashish ham man etiladi.

Hujjatda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, faoliyatini to‘xtatish va yopish tartiblari ham ko‘rsatilgan. Ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlar adliya organlari reyestriga kiritilgandan so‘ng OAV faoliyatini boshlashi mumkin. Nashr faqat sud qarori yoki muassis tashabbusi bilan to‘xtatilishi yoki yopilishi mumkin.

Alohida e’tibor internet OAVga qaratilgan. Qonunning yakuniy versiyasida nafaqat an’anaviy media, balki veb-saytlar va bloglarni o‘z ichiga olgan onlayn-platformalar ham majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozimligi belgilangan. Avvaliga bu ixtiyoriy bo‘lishi kerakligi muhokama qilingan edi, ammo oxirgi tahrirda majburiyligi mustahkamlandi.

Qonunda shuningdek, jurnalistlarning huquqlari, axborotga kirish tartibi va tahririyatlarni javobgarlikdan ozod qilish holatlari ham aniqlashtirilgan.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur qonun Qirg‘izistonda mustaqil, raqobatbardosh va mas’uliyatli OAVni rivojlantirishga qaratilgan.

 



														
														G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

Uning ustiga insonparvarlik yordami yuklangan konteyner tushib ketgan.
11:58 / 10.08.2025

														
														Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025

														
														Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025

														
														“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

Fransiya Prezidenti bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
22:05 / 09.08.2025

														
														O‘zbekiston Ozarbayjon–Armaniston tinchlik bitimini olqishladi

O‘zbekiston Ozarbayjon–Armaniston tinchlik bitimini olqishladi

Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Kavkazda tez orada barqaror tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirgan.
19:14 / 09.08.2025

														
														Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Hodisa yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashganda ro‘y bergan.
18:38 / 09.08.2025

														
														Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025

														
														Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Afrikaning 23 davlatida vabo tarqaldi

Kasallik ko‘pincha kambag‘al odamlarga va toza ichimlik suviga ega bo‘lmagan ijtimoiy zaif qatlam vakillariga ta’sir qilishi…
15:18 / 09.08.2025

														
														AQShning Jorjiya shtatida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Jorjiya shtatida otishma sodir bo‘ldi

Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotgani bildirilgan.
11:28 / 09.08.2025

														
														Tailandda poyezd relsdan chiqib ketdi

Tailandda poyezd relsdan chiqib ketdi

Hozirda poyezdlar odatdagidek, biroq kechikishlar bilan harakatlanayotgani bildirilgan.
11:07 / 09.08.2025

Bu ham qiziq

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025
Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
21:01 / 09.08.2025
Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda …
15:28 / 09.08.2025
Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Keniyada avtobus halokati oqibatda 21 kishi vafot etdi

Hodisa yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashganda ro‘y bergan.
18:38 / 09.08.2025
AQShning Jorjiya shtatida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Jorjiya shtatida otishma sodir bo‘ldi

Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotgani bildirilgan.
11:28 / 09.08.2025
O‘zbekiston Ozarbayjon–Armaniston tinchlik bitimini olqishladi

O‘zbekiston Ozarbayjon–Armaniston tinchlik bitimini olqishladi

Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Kavkazda tez orada barqaror tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirgan.
19:14 / 09.08.2025
Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025
Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Sud qarori bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirilishi belgilangan. Davlat bojlari va boshqa xarajatlar bilan…
17:19 / 09.08.2025
O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 …
14:21 / 09.08.2025
10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm …
17:45 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!