$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi

12:29 / 12.11.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 4–6-noyabr kunlari AQShga amalga oshirilgan tashrif davomida “C5+1” sammiti doirasida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu Kengash O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

1. Strategik biznes tashabbuslari, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va ularni amalga oshirishni doimiy monitoring qilish;

2. O‘zbekistonga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish maqsadida maxsus investitsiya fondini yaratish va uni moliyalashtirish, shuningdek, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) hamda boshqa yirik moliya institutlarini jalb qilish;

3. Tarif stavkalarini o‘zaro pasaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;

4. IT-park rezidentlari mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish; 

5. O‘zbekistonning investitsiya portfeli, jumladan Markaziy bank valyuta zaxiralarining bir qismini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga maslahatchi-elchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchi-elchi Kengash ishini muvofiqlashtirish, yirik va strategik investitsiya hamda savdo loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi. Lavozimga tayinlash va undan ozod qilish hamda reglamentni tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga yuklatilgan.

Vakolatli idoralarning vazifalari:

Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi birgalikda Kengash faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi;

AQSh hududida yangi konsulliklar tashkil etish va ularni o‘zbek diasporasi bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

AQShda rezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini soddalashtirish, bank orqali mablag‘larni to‘liq va cheklovlarsiz o‘tkazish imkonini yaratish;

Kengash tarkibi, reglamenti va faoliyat tartibini belgilash, Amerika ishbilarmonlik va investitsiya hamjamiyati vakillarini jalb etish;

O‘zbekiston investitsiya portfeli va valyuta zaxiralarini yuqori likvidli va foydali aktivlarga yo‘naltirish.

Mazkur Farmon ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, barcha vazirlik va idoralarga Kengash faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z muddatida amalga oshirish buyurilgan.

Shu bilan birga, Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik platformasi sifatida faoliyat olib boradi va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda muhim vosita hisoblanadi.

 


O‘zbekiston


														
														Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026

														
														Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026

														
														Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026

														
														Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

														
														1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

														
														Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026

														
														Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026

														
														Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026

														
														1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
16:39 / 29.03.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
14:31 / 30.03.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

30-mart kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
15:44 / 29.03.2026
Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
15:17 / 29.03.2026
Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:49 / 29.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!