$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda o‘quvchining kaltaklanishi voqeasi ortidan 4 nafar xodim ishdan olindi

15:18 / 16.05.2022

Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘quvchining kaltaklanishi aks etgan video yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, Bandixon tumani 4-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Yu.Sh ning 9-B-sinf o‘quvchisi X.I ni kaltaklangan videolavha yuzasidan viloyat xalq taʼlim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, mazkur holat 2022-yil 27-aprel kuni sodir bo‘lgan. O‘qituvchi Yu.Sh o‘sha kuni dars jadvali asosida 9-B-sinf o‘quvchilariga dars mashg‘ulotlarini o‘tgan. Dars mashg‘uloti davomida 9-B-sinf rahbari E.J sinfxonaga kirib kelib, 9-B-sinf o‘quvchilarining o‘zaro janjalini ijtimoiy tarmoqqa kim tarqatganligini muhokama qilgan. Ushbu sinf o‘quvchisi X.I sinf rahbari E.J va Ingliz tili fani o‘qituvchisi Yu.Sh ga gap qaytargani uchun Yu.Sh jahl ustida X.I ni kaltaklagan. Ushbu holat 9-B-sinf o‘quvchilari tomonidan videotasvirga olingan va 15 may kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Ushbu masala bo‘yicha tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi va tuman xalq taʼlim bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan maktabda o‘rganish o‘tkazilib, pedagog jamoa aʼzolari va o‘qituvchilar bilan taʼlim-tarbiya jarayoni bo‘yicha suhbat o‘tkazildi hamda 2022-yil 27-aprel kuni sodir bo‘lgan voqeaga aniqlik kiritildi.

Shuningdek, surishtiruvlarda 9-B sinfdagi ayrim o‘quvchilarning maktabda o‘rnatilgan tartib-qoidalarni muntazam buzib keluvchilar ekanligi aniqlangan.

Aynan ushbu o‘quvchilarning ota-onalariga farzandlarining xulqi va darsga tayyorlanmasdan kelishi yuzasidan alohida ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar berib borilgan.

Vazirlik shuningdek, ushbu voqea ortidan 4 nafar xodimning ishdan olingani hamda mazkur maktabning 19 yillik direktoridan ham ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olinganini maʼlum qildi.

“Vaziyatni yetarli ravishda nazorat qilmaganligi uchun Bandixon tumani 4-maktab direktori X.B dan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i nomiga arizasi olindi.
Maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.S, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.A va Ingliz tili fani o‘qituvchisi Yu.Sh va 9-B-sinf rahbari E.J bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilindi”, – deyiladi xabarda.

Yuqoridagi holatni boshqa taʼlim muassasalarida takrorlanmasligi yuzasidan Bandixon tuman xalq taʼlimi bo‘limi rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!