Argentinalik raqobatchilaridan katta farq bilan o‘zib ketgan.
Lionel Messi L'Equipe nashri tomonidan 2022-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
35 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi, shuningdek, Qatardagi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ovoz berishda Messining PSJdagi sherigi Kilian Mbappe ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinda tennischi Rafael Nadal. “Real” hujumchisi Karim Benzema esa oltinchi o‘rinda.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
1. Lionel Messi (futbol, 808 ovoz)
2. Kilian Mbappe (futbol, 381)
3. Rafael Nadal (tennis, 285)
4. Remko Evenepul (velosport 252)
5. Maks Ferstappen (Formula 1, 196)
6. Karim Benzema (futbol, 195)
7. Armand Dyuplantis (yengil atletika, 185)
8. Stiven Karri (basketbol, 139)
9. Antuan Dyupon (regbi, 105)
10. David Popovich (suzish, 98).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!