$
12108.24 UZS
-52.75
149.10 UZS
-4.82
14169.06 UZS
-9.44
31° Kechasi 18°

Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi

18:06 / 20.10.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori:

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish, ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish, uning sofligini saqlash va muntazam boyitib borish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini kengaytirish maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar

1. Quyidagilar davlat tilini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

a) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanishga erishish;

b) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

v) davlat tilining sofligini saqlash va uning lug‘at boyligini muntazam oshirib borish;

g) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, 
bu borada sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish;

d) davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

j) mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar vakillari hamda xorijdagi vatandoshlarimizning davlat tilini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

II. Respublikada davlat tili imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishish

2. 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. 2026 yil 1 yanvardan boshlab respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining markaziy apparatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.

4. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab:

a) ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodini yaratsin;

b) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqsin;

v) maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobini yaratsin;

g) bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqilishini tashkil etsin.

5. Fanlar akademiyasi:

a) 2026-yil 1-iyunga qadar ko‘p jildli O‘zbekiston milliy qomusi”ni elektron shaklda tayyorlash va e’lon qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) 2026 yil 1 dekabrga qadar “Ona tili. Qomus” kitobining nashrga tayyorlanishi va chop etilishini ta’minlasin.

6. Davlat tilining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash borasida:

a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026 yil 1 mayga qadar o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 1-dekabrga qadar:

i) yangi qabul qilinayotgan atamalar bo‘yicha jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalarni qayd etib boruvchi; 

ii) tasdiqlangan yangi so‘z va atamalarni o‘zida aks ettiradigan elektron reyestrni yurituvchi;

iii) o‘zbek tilida chop etilgan sohaviy, izohli va imlo lug‘atlarini o‘zida jamlash va foydalanish uchun mo‘ljallangan elektron platformani yaratish bo‘yicha ilmiy loyihaga tanlov e’lon qilsin.

III.  Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish hamda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish 

7. Har yili oktyabr oyida:

a) Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi o‘zbek tilining dunyo tillari o‘rtasida tutgan o‘rni va xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani;

b) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida:

i) o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasini

iiO‘zbek tili – qalbim tarjimoni” ko‘rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etsin;

v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy, ijodiy, amaliy ishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovini;

g) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birgalikda umummilliy diktant loyihasini;

d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda vazirlik va idoralar 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy, adabiy tadbirlar, yangi kitoblar taqdimotlarini; 

j) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi: 

i) umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovini; 

ii) o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovini o‘tkazsin.

8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini o‘tkazib borsin. Bunda olimpiada g‘oliblarini respublika oliy ta’lim muassasalarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilsin.

9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uning hududiy bo‘linmalarida mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik talabalarni ular o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotlari mablag‘lari hisobidan o‘zbek tiliga bepul o‘qitish kurslarini tashkil etsin.

10. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita:

a) 2026 yil davomida o‘z mablag‘lari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar vakillari uchun o‘zbek tiliga o‘qitish kurslarini kengaytirish;

b) Tashqi ishlar vazirligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Vatandoshlar” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan xorijiy davlatlardagi o‘zbek diaspora tashkilotlari huzurida vatandoshlarning farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari tashkil etishga ko‘maklashish, ularni zarur o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.

11. Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda o‘zbek tilini boshqa millat va elatlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarning farzandlarini, o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolarini o‘qitish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi bilan hamkorlikda alohida sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish modulini ishga tushirsin. Bunda o‘zbek modulini yaratish uchun xarajatlar Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat

12. Adliya vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.

14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbkiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.


O‘zbekiston


														
														Prezident Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-oktyabr kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ekspozitsiyalar orq…
18:22 / 20.10.2025

														
														Bekobodda “Kumush tovon balig‘i”ni ovlaganlar tabiatga 8 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Bekobodda “Kumush tovon balig‘i”ni ovlaganlar tabiatga 8 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Huquqbuzarlik oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 80-son…
18:11 / 20.10.2025

														
														21-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

21-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 21-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:48 / 20.10.2025

														
														Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanadi?

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanadi?

Agar besh kun davomida havo harorati ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lsa, ertasi kuni uylarda isitish tizimi ishga tushiriladi.
17:44 / 20.10.2025

														
														O‘zbekistonda mediatsiya tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda mediatsiya tizimi takomillashtiriladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
16:44 / 20.10.2025

														
														Hafta davomida harorat iqlim me’yoridan yuqori bo‘ladi

Hafta davomida harorat iqlim me’yoridan yuqori bo‘ladi

O‘zbekistonda ushbu hafta juda iliq va bulutsiz o‘tishi prognoz qilinmoqda.
15:22 / 20.10.2025

														
														O‘zbek noni xalqaro reytingda eng yaxshi 50 talik ro‘yxatdan joy oldi

O‘zbek noni xalqaro reytingda eng yaxshi 50 talik ro‘yxatdan joy oldi

Sayohat ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lgan CNN Travel portali butun dunyodagi eng yaxshi 50 ta non turini taqdim etdi.
14:51 / 20.10.2025

														
														Surxondaryoda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida Cobalt va Nexia-2 to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
12:04 / 20.10.2025

														
														Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

2025-yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk tashishlarning 25 foizga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar tomonidan a…
10:14 / 20.10.2025

Bu ham qiziq

Boysunda o‘qituvchi o‘quvchini urib, yelkasini sindirdimi?

Boysunda o‘qituvchi o‘quvchini urib, yelkasini sindirdimi?

Tarmoqlarda tarqalgan videolavhada o‘qituvchi Y.H. ismli shaxs maktabga futbolka kiyib kelgan S.J. ismli o‘quvchini jazolab,…
16:33 / 18.10.2025
O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi eng yuqori hudud qaysi?

O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi eng yuqori hudud qaysi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra aholi jon boshiga ko‘rsatilga…
13:12 / 19.10.2025
Gonkongda samolyot dengizga quladi

Gonkongda samolyot dengizga quladi

Gonkong xalqaro aeroportida yuk tashuvchi Boeing 777 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda South China Morning Post nashri x…
09:31 / 20.10.2025
Indoneziya G‘azo mojarosi tufayli isroillik sportchilarga viza berishdan bosh tortdi

Indoneziya G‘azo mojarosi tufayli isroillik sportchilarga viza berishdan bosh tortdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Indoneziyaning bu yil Jakartada o‘tkaziladigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionat…
16:51 / 19.10.2025
Toshkentda ikki advokat qo‘lga olindi

Toshkentda ikki advokat qo‘lga olindi

Toshkent shahrida xizmat mavqelaridan foydalangan holda mo‘maygina daromad topishni reja qilgan advokatlik byurosi advokati …
12:03 / 19.10.2025
Pokiston va Afg‘oniston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Pokiston va Afg‘oniston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

“Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” va Pokiston hukumati vakillari Qatar va Turkiya vositachiligida Dohada o…
12:48 / 19.10.2025
Tramp AQSh tomon yo‘l olgan “giyohvand moddalar tashuvchi suvosti kemasini” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Tramp AQSh tomon yo‘l olgan “giyohvand moddalar tashuvchi suvosti kemasini” yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, kema bortida “to‘rt nafar mashhur narkoterrorist” bo‘lgan.
16:00 / 19.10.2025
Hafta davomida harorat iqlim me’yoridan yuqori bo‘ladi

Hafta davomida harorat iqlim me’yoridan yuqori bo‘ladi

O‘zbekistonda ushbu hafta juda iliq va bulutsiz o‘tishi prognoz qilinmoqda.
15:22 / 20.10.2025
Putin Ukrainadan Donbassni topshirishini talab qilmoqda

Putin Ukrainadan Donbassni topshirishini talab qilmoqda

Rossiya rahbari Tramp bilan suhbat chog‘ida yana shu mavzuda so‘z ochgan
10:21 / 19.10.2025
Navoiyda FVB boshlig‘i, Surxondaryoda esa MIB xodimlari pora bilan ushlandi

Navoiyda FVB boshlig‘i, Surxondaryoda esa MIB xodimlari pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablag‘ini o‘zini…
09:03 / 19.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!