“Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025–2028-yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
– mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
– eksport hajmini 100 mln AQSh dollariga yetkazish;
– sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash.
2029-yil 1-yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llaniladi.
2025-yil 1-iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan YATTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
2025-yil 1-avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!