Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) tilladan tayyorlangan 5,95 gramm og‘irlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli savdo shoxobchasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda qiymati dastlabki hisob-kitoblarga 1 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi 1 kg dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!