$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

1-iyundan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi

16:26 / 24.03.2022

Bugun, 24-mart kuni imzolangan Prezident farmoyishi bilan davoat rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi 7 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, unda, jumladan quyidagilar belgilangan:

– 2022-yilda 136 ta va 2023-yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

– 2023-yildan joylardagi poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish;

– Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lashni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-maydan:

– barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bolalar bo‘limini tashkil etish;

– tibbiyot brigadalariga 2022–2023-yillarda qo‘shimcha 8 500 ta hamshira va doya shtat birliklarini berish;

– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimini joriy qilish.

Tajribali shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berish;

– 3-15 yoshdagi bolalarni 2022-yil 1-iyuldan yod preparati bilan bepul taʼminlash;

– Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-iyundan:

– sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshini malaka toifasiga qarab qo‘shimcha 15 foizgacha oshirish;

– yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga qo‘shimcha 25 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy etish.

2022-yil 1-maydan:

– barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiytibbiy ko‘rikni bepul o‘tkazish;

– qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash.

2022/2023-o‘quv yilidan:

– hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot OTMda davlat grantlari asosida qabul kvotalari maqsadli oshirib borish;

– ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga davlat grantlarini 4 baravarga oshirish.

Olis va chekka hududlar oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining shifokorlari oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 mln so‘m har oylik ustama belgilash.

“Qishloq shifokori” dasturi doirasida jalb qilingan shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha qismini mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan qoplab berish.

Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlarni klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilish.

O‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillariuchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishonini taʼsis etish. 


Bu ham qiziq

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
22:39 / 21.11.2024
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024
Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024
Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024
Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

2017-2019-yillarda metroda 36 ta poyezd ishlagan. 2024-yil holatiga ko‘ra ularning soni 65 taga yetdi.
20:04 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024
Qirg‘izistondagi 5,3 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi 5,3 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Zilzila epitsentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda.
13:50 / 23.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!