Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi 2-may kuni turli telegram kanallarda e’lon qilingan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi bo‘yicha ijtimoiy postlar yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi barcha aeroportlarining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib holatga aniqlik kiritilgan. Natijada Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetovo aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga qo‘yilmayotganligi yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotganligi aniqlangan.
Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!