Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan esadi. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan, keyinchalik g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan, keyinchalik g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8° iliq, kunduzi 20–25° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan, keyinchalik g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6° iliq, kunduzi 12–17° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!