Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylari 3–12-fevral kunlari davomida IShIDning 30 ta nishoniga zarba berdi. Bu haqda CBS News xabar qildi.
AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar IShID infratuzilmasi va qurol omborlariga qaratilgan bo‘lib, ular Hawkeye Strike amaliyoti doirasida amalga oshirilgan.
Mazkur operatsiya 2025-yil 13-dekabr kuni Palmirada IShID tomonidan AQSh va Suriya harbiylariga uyushtirilgan hujumdan so‘ng boshlangan. O‘sha voqea oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan edi.
CENTCOM'ning bildirishicha, operatsiya davomida 50 dan ortiq IShID jangarilari yo‘q qilingan yoki qo‘lga olingan, shuningdek, tashkilotning 100 dan ortiq obyekti zararsizlantirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!