$
11778.45 UZS
5.5
₽
138.35 UZS
-2.79
€
13198.93 UZS
-25.62
31° Kechasi 18°

Aleksey Navalniy qurbaqa zahri bilan o‘ldirilgan — manba

09:59 / 15.02.2026

The Insider Nashrning xabar berishicha, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning biomaterial namunalari tahlilini o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, bir nechta mustaqil laboratoriyalar ushbu namunalarda Janubiy Amerikadagi qurbaqasi terisidan olinadigan o‘ta zaharli modda — epibatidinni aniqlagan.

Siyosatchi “Novichok” moddasi bilan zaharlanganidan so‘ng uni davolagan reanimatolog shifokor Aleksandr Polupanning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Navalniyda o‘limidan oldin kuzatilgan simptomlari epibatidinning ta’siri haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga mos keladi.

Besh davlatning qo‘shma bayonoti Buyuk Britaniya hukumati rasmiy saytida e’lon qilindi.

“Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya Aleksey Navalniy o‘ta xavfli toksin bilan zaharlanganiga ishonch bildiradi. Bu Aleksey Navalniydan olingan namunalarning tahlillariga asoslangan hukumatlarimiz xulosalaridir. Ushbu tahlillar namunalarda epibatidinning mavjudligini aniq tasdiqladi.

Epibatidinning zaharliligi va tasvirlangan simptomlarni inobatga olgan holda, o‘limning eng ehtimoliy sababi zaharlanish bo‘lgan. Navalniy Rossiya qamoqxonasida vafot etdi, bu esa Rossiyada unga ushbu zaharni yuborish uchun vosita, sabab va imkoniyat bo‘lganini anglatadi”, – deyiladi qo‘shma bayonotda.

Marhum siyosatchining bevasi ham X ijtimoiy tarmog‘ida shu kabi ma’lumotlarga bag‘ishlangan post qoldirdi.

“Beshta Yevropa davlatining olimlari turmush o‘rtog‘im Aleksey Navalniy epibatidin — yer yuzidagi eng kuchli zaharlardan biri bo‘lgan neyrotoksin bilan zaharlanganini aniqladi. Tabiatda bu zahar Ekvador daraxt qurbaqasining terisida uchraydi. U falajlikka, nafas olishning to‘xtashiga va azobli o‘limga olib keladi.

Men birinchi kunlardanoq turmush o‘rtog‘im zaharlanganiga ishonardim, ammo endi bunga dalillar bor. Vladimir Putin Alekseyni kimyoviy qurol bilan o‘ldirdi. Ikki yil davomida sinchkovlik bilan ish olib borgan va haqiqatni ochib bergan Yevropa davlatlariga minnatdorlik bildiraman”, — deb yozdi Yuliya Navalnaya.

 

 

 



														
														Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026

														
														IShIDni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik erkak AQShga ekstraditsiya qilindi

IShIDni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik erkak AQShga ekstraditsiya qilindi

O‘zbekistonlik, hozirda Amerika fuqarosi bo‘lgan erkak xorijiy terroristik tashkilotlarga moddiy yordam bergani uchun ayblov…
10:01 / 26.09.2026

														
														Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026

														
														AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026

														
														Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya q…
11:21 / 10.09.2026

														
														YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026

														
														Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026

														
														AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026

														
														AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda AQSH prezidenti o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
14:58 / 29.08.2026

														
														Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026

Bu ham qiziq

Tokioda o‘zbekistonlik kurer 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanib ushlandi

Tokioda o‘zbekistonlik kurer 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanib ushlandi

Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 10 yoshli qizga nisbatan nomaqbul harakat qilganlikda gumonlanib …
15:06 / 03.10.2026
Centrum Air Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagajni qoldirib ketdi

Centrum Air Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagajni qoldirib ketdi

4-oktyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasining C6 316 Istanbul–Farg‘ona reysida uchgan yo‘lovchilarning 99 ta bagaji Istanbu…
13:43 / 05.10.2026
Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshi shahrida 97 nafar soliq to‘lovchidan soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olingan 122,6 million so‘m mablag‘ ular…
12:14 / 05.10.2026
Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bolalar o…
15:00 / 03.10.2026
Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google shaxsiy akkaunt foydalanuvchilari uchun Gemini modellaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda. 9-oktyabrdan bosh…
12:07 / 05.10.2026
Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026
Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026
Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Vilnyusda chiqindi inqirozi: favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin

Litva poytaxti Vilnyusda chiqindilarni qayta ishlash bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Shaharda to‘planib qolgan chiqin…
12:19 / 04.10.2026
Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari haqi…
12:21 / 04.10.2026
17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta oliygoh Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistondagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi endi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
17:49 / 03.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!