Farg‘onalik ayol O‘zbekistonning eng keksa fuqarosi deb tan olindi: u 1895-yilda tug‘ilgan.
Xuvaydo Umarova dunyodagi eng keksa inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin.
Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 130 yoshli ayolning tug‘ilgani fakti rasman aniqlandi.
“Hech bir hujjatsiz qolmaydi” targ‘ibot tadbirlari doirasida Qoraqum mahallasida Buvayda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan 1895-yilda tug‘ilgan Xuvaydo Umarova (Toshmatova)ning tug‘ilganligi fakti rasman qayd etilmaganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limi sudga da’vo arizasi kiritib, qanoatlantirildi.
Buvayda tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda o‘tkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tug‘ilganlik fakti belgilandi.
Xuvaydo Umarova O‘zbekistondagi eng keksa inson sifatida e’tirof etildi. U Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulug‘ odam sifatida kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!