$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda noqonuniy terroristik guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

10:36 / 12.09.2025

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qaroriga binoan terrorchilik tashkiloti deb tan olingan va mamlakatimizda faoliyati taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Ta’kidlash lozimki, guruh a’zolari orasida muqaddam ekstremistik g‘oyalar bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun 2021-yilda yengillik qo‘llanilib, shartli ozodlik bilan ochiqlikda qoldirilgan shaxslar ham bor.

2024-yilda tashkil etilgan guruh a’zolari viloyatning tog‘oldi hududlarida hordiq chiqarish niqobi ostida o‘tkazilgan diniy yig‘inlarda terrorchilik tashkilotlari g‘oyaviy rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, Suriya davlatiga borib, jangarilar safida “jihod” qilish va o‘zlarini portlatish yo‘li bilan “shahid” bo‘lish masalalarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi” tashkiloti yollovchilari bilan muloqot o‘rnatib, ular yuborgan qo‘lbola portlovchi qurilmalar va zaharlovchi moddalar tayyorlashning elektron yo‘riqnomalari yordamida keyinchalik qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishni reja qilishgan.

Shu maqsadda “Telegram” messenjeridagi yopiq guruhda xorijdagi terrorchilar ko‘magida portlovchi moddalar tayyorlash bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rganishgan.

Shuningdek, jinoiy guruhning 4 nafar a’zosi internetdagi targ‘ibotlar ta’sirida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishga ulgurgan. Natijada ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, rasmiy qidiruv e’lon qilingan.

Guruhning 20 nafar faol a’zosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi va ular Jinoyat Kodeksining 155, 155-2, 155-3, 159, 244-1 va 244-2 moddalari bilan aybli deb topilib, qilmishlariga mos ravishda 6-yildan 13-yilgacha ozodlikdan mahrum etilgani bildirildi.

“Guruhning qolgan a’zolariga nisbatan esa insonparvarlik prinsiplari bilan yengillik qilinib, kechirimlilik siyosati qo‘llanildi”, – deyiladi xabarda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026

														
														Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026

														
														16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026

														
														“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026

														
														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														
														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														
														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														
														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														
														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														
														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent -…
09:59 / 03.09.2026
Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni naz…
09:27 / 04.09.2026
Tarixiy obidaga yangi hayot: san’at va madaniyat uchun yaratilgan yangi maskan

Tarixiy obidaga yangi hayot: san’at va madaniyat uchun yaratilgan yangi maskan

Toshkent markazida 1912-yilda barpo etilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi poytaxt sanoat me’morchiligining noyob namu…
09:19 / 04.09.2026
Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!