$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

15-yanvar kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkin

17:25 / 14.01.2024

“O‘zgidrometr” 15- yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, ba’zi tumanlarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Bu ham qiziq

"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

"O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi" bo‘yicha postlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Aniqlanishicha O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘lgan.
14:08 / 03.05.2024
G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

G‘azoda 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki vayronalar ostida qolib ketgan

Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
15:17 / 04.05.2024
OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

O‘zgarishlar ismlar, sanalar va tashkilot nomlariga tuzatishlarni o‘z ichiga oladi.
14:58 / 04.05.2024
18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

Bu velosipedning xaridorlari bormi?
12:28 / 04.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Ularning vazni atigi 34 gramm.
12:09 / 04.05.2024
Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

Mo‘g‘ulistonda 7 milliondan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan

2023-yilda mamlakatda chorva mollarining umumiy soni 64,7 million boshni tashkil etgan.
14:40 / 04.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024
Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Dunyodagi birinchi robot styuardessa namoyish etiladi

Robot styuardessa 6-9-may kunlari “Arabian Travel Market” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
12:26 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!