$
11790.79 UZS
12.34
₽
137.78 UZS
-0.57
€
13285.86 UZS
86.93
31° Kechasi 18°

2023-yilda O‘zbekistonda qanday voqealar sodir bo‘ldi?

16:06 / 04.01.2024

Anomal sovuq va dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari,  yosh qizlarning “umrini yegan” pedofil-amaldorlar, qamalgan jurnalist va blogerlar, Sergelidagi portlash, “Ko‘cha bolalari”ga qarshi reyd. Xabardor.uz O‘zbekistonda 2023-yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.

Yil boshini o‘zbekistonliklar anomal  sovuq bilan qarshi oldi

9-10-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismi shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib keldi. O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddatlari uzaytirildi.

Eng kuchli sovuq respublika shimolida - kechalari 20-25 daraja sovuqqacha, Ustyurtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida 27-30 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha kuzatildi.

O‘zbekiston bo‘yicha eng past harorat qiymatlari so‘nggi marta 2008-yil yanvar oyida kuzatilgan.

Anomal sovuq bir qancha sohalarda muammoli vaziyatlarni keltirib chiqardi. Jumladan, “metan zapravka”lar faoliyatidagi cheklovlar sababli yo‘llarda turna qator navbatlar yuzaga keldi va aholining keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash sohasida ham bir qancha qayg‘uli voqealarga guvoh bo‘ldik

Birgina “Dok-1 Maks” siropidan vafot etgan bolalar soni 65 nafarni tashkil etdi. Bu ish bo‘yicha sud jarayonlari hali hanuz davom etmoqda. Shuningdek, bolalarning yana bir preparatdan ommaviy zaharlanish holati kuzatildi. Yod tanqisligiga qarshi kurashish dasturi doirasida mas’ullar “Antistrumin” preparatining dozasini belgilashda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida bir nechta hududda yuzlab bolalar zaharlanish belgilari bilan shifoxonalarga yotqizildi. Shukurki bu safar qurbonlar bo‘lmadi. Hozirda “Antistrumin ishi” bo‘yicha tergov harakatlari davom etyapti.

Yosh qizlarning “umrini yegan” pedofil-amaldorlar

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 1-oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan uch nafar tarbiyalanuvchisi oylar davomida jinsiy aloqaga majburlab kelingani va eng achinarlisi jinoyatchilarga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangani jamoatchilikda keskin norozilik kayfiyatini uyg‘otdi.

Shundan so‘ng bu holatga Prezident administratsiyasi mulozimlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirishdi.

“Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish vaqti keldi!” – deya yozdi Administratsiya rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov.

Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Bosh prokuraturadan holatga huquqiy baho berishni so‘radi.

“Xorazmda yuz bergan fojia jamiyatda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo‘shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi esa nihoyatda xavotirlidir” - dedi Mirziyoyeva.

2023-yilning 3-noyabr kuni ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, pedofil amaldorlar sud zalidan qamoqqa olinib, aybdorlarning har biriga uzil-kesil 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

2023-yil O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarni qo‘lga olish bilan boshlanib, qamash bilan tugadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Emine Karamanova taxallusi ostida faoliyat yuritgan Lemara Mirzaahmedova 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 2023-yil 12-oktyabrdagi hukmiga muvofiq, Lemara Mirzaahmedova Jinoyat kodeksining: 139-moddasi (tuhmat qilish) 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab) hamda “g” bandi (g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda); 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi (internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali); 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda) moddalari bilan aybdor deb topildi. Bloger jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, 2023-yilning 29-iyul kuni huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. U “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi rahbarlaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga 10 000 dollar talab qilganlikda ayblangan.

2023-yilning 1-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida bloger Olimjon Haydarovga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. U Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Blogerga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

YouTube’dagi “Ko‘zgu” kanali muallifi Abduqodir Mo‘minovga nisbatan firibgarlik va tovlamachilik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan edi. Sud hukmiga ko‘ra, tovlamachilik, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblangan Abduqodir Mo‘minovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

"Kompromatuzb ishi"

Bosh prokuratura tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, 4 nafar shaxs - Human.uz sayti asoschisi va muharriri Xurshid Daliyev, Mehnat munosabatlari va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva, “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot kotibi Siyovush Hoshimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonovlar JKning 165-moddasi 3-qismi (Tovlamachilik) va 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanib hibsga olingan edi.

Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 26-sentyabrdagi sud qaroriga ko‘ra,   Xurshid Daliyevga BHMning 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Siyovush Xoshimovga 3 yil ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Axmadillo Axmadjonovga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavjuda Mirzayeva Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi va 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli topilib, 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.

Sergelidagi portlash: 17 yoshli yigitning o‘limi

28-sentyabrga o‘tar kechasi soat 2:43 da Sergeli  tumanidagi “Inter Logistics” kompaniyasiga tegishli omborda kuchli portlash yuz berdi.  Bojxona omborida ro‘y bergan portlash Toshkentdagi eng kuchli portlashlardan biri bo‘lib tarixga muhrlandi.  Oqibatda shu yaqin atrofdagi uylardan birida bo‘lgan 2006-yilda tug‘ilgan 17 yoshli yigit halok bo‘lib, 163 kishi jarohatlandi. 1400 ga yaqin xonadon va boshqa obyektlar zararlanishidan ko‘rilgan zarar 1,2 mln dollarga baholandi.

Hukumat komissiyasiga ko‘ra, omborxonada katta miqdordagi kimyoviy moddalar va qurilish materiallari noqonuniy saqlangan. Holat yuzasidan 4 kishi qamoqqa olingan bo‘lib, tergov davom etmoqda.

“Ko‘cha bolalari”ga qarshi reyd

Yil oxirida Respublikamiz bo‘ylab jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi reydlar avj oldi. O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida birgina Toshkentning o‘zida ikki hafta ichida yuzdan ortiq kishi qo‘lga olinib, 38 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Yil yakuniga kelib O‘zbekistondagi barcha Ommaviy axborot vositalari “Baxti Tashkentskiy” laqabli Baxtiyor Qudratillayev, “Saidaziz medgorodok”, “Buzruk”, “Zavxoz”, “Ziki eski shahar” kabi “ko‘cha bolalari” hibsga olingani haqidagi xabarlar bilan to‘ldi.

Bu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanganib kelgan. Ular Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkentni "ko‘cha bolalari"dan tozalash faqat "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida o‘tkazilmayapti. Ularni kuzatish, ma’lumotlar yig‘ish va qo‘lga olish uchun oylab, kerak bo‘lsa yillab tayyorlanilgan” – Doniyor Toshxo‘jayev.

Shuningdek, korrupsion jinoyatlarda gumonlanayotgan sobiq qishloq xo‘jaligi  vaziri Aziz Voitov, bir nechta tumanlarning sobiq hokimlari, soliq, bojxona, bank va boshqa sohalardagi mansabdorlar qamoqqa olindi. Umuman, yil davomida o‘ndan ortiq sobiq tuman hokimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.

 

                                                                                                                                                         Dayjestni tayyorladi: Sabohat Saidrizo

 

 

 


Bu ham qiziq

NKMK olti oyda 2,38 mlrd dollar sof foyda oldi

NKMK olti oyda 2,38 mlrd dollar sof foyda oldi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘r…
13:46 / 05.10.2026
O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat kasalligi tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosa…
15:24 / 06.10.2026
Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

5-oktyabrdan Tojikiston va Eron fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi. Endilikda ikki davlat fuqarolari …
09:51 / 07.10.2026
Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026
Farg‘onumanida fuqaro elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.

Farg‘onumanida fuqaro elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlargaaro R.U. “Yangiboston” MFY hududidagi baliq boqishga mo‘ljallanga…
15:19 / 06.10.2026
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qild

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qild

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qild…
16:02 / 07.10.2026
Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2026-yil 5-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, “Sirojiddin media” MChJ rahbari Adil…
16:24 / 05.10.2026
Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzax viloyatida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yi…
12:03 / 06.10.2026
“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026
Xudoyorxon o‘rdasidagi tadbir ortidan muzey direktori hayfsan oldi

Xudoyorxon o‘rdasidagi tadbir ortidan muzey direktori hayfsan oldi

Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi hududida Madaniy meros agentligi bilan kelishilmagan ko‘ngilochar tadbir o‘tkazilgani o…
10:30 / 07.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!