“Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushiriladi (bunda soliq stavkasining 3 foiz punktga pasaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 14 trln. so‘m mablag‘ qolishi mumkin).
Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirganda soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdori amaldagi yillik 15 mln so‘mdan 73,6 mln so‘mgacha oshiriladi;
Bunda, uy-joyning qiymatiga qo‘yilgan talab (300 mln so‘m) bekor qilinadi.
Bundan tashqari, soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishga qaratishning belgilangan muddati 60 kungacha (amalda 30 kun) uzaytiriladi;
Kichik va o‘rta biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun soliq to‘lovlarini 6 oyga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
Amalda Markaziy bank asosiy stavkasi (15 foiz) asosida foizlar hisoblanadi.
Avvalroq, ushbu qonunning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhokamasidan so‘ng advokatlik tuzilmalarini qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilariga aylantirmaslik qaroriga kelingan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!