$
12925.20 UZS
-11.96
152.58 UZS
-1.97
13982.48 UZS
45.28
23° Kechasi 11°

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

14:19 / 01.04.2025

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Szyanchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston rahbariga Xitoy Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi barqaror oshib bormoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi qo‘shma loyiha va korxonalar soni ko‘paymoqda.

“Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yuqori baholandi. Joriy yilda navbatdagi Hududlar forumi va Ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.

Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, raqamlashtirish va sanoatlashtirishni jadallashtirish kabi sohalarda yanada kengaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy va professional ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.

 


O‘zbekiston


														
														Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Ushbu konferensiya 40 yil ichida birinchi marta Parijdan tashqari boshqa shaharda bo‘lib o‘tadi.
20:47 / 02.04.2025

														
														2025-yilning boshida O‘zbekiston 75 million dollarlik avtomobil import qildi

2025-yilning boshida O‘zbekiston 75 million dollarlik avtomobil import qildi

Dastlabki ikki oy ichida import qilingan avtomobillarning umumiy summasi 75,9 million dollarni tashkil etdi.
19:09 / 02.04.2025

														
														2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqa yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqa yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida…
16:12 / 02.04.2025

														
														Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

“Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlar…
11:51 / 02.04.2025

														
														Nukusda MChJ 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Nukusda MChJ 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tka…
11:01 / 02.04.2025

														
														Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Samarqandga keldi

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Samarqandga keldi

Joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti bo‘lib o‘tishi belgi…
10:46 / 02.04.2025

														
														Jizzaxda ichki ishlar xodimi 86 yoshli onaxonga kuch ishlatgani aytilmoqda

Jizzaxda ichki ishlar xodimi 86 yoshli onaxonga kuch ishlatgani aytilmoqda

Viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
09:29 / 02.04.2025

														
														Alisher Usmonov Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatiga O‘zbekiston nomidan kiritildi

Alisher Usmonov Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatiga O‘zbekiston nomidan kiritildi

Bu yil AQShning Forbes jurnali birinchi marta O‘zbekistonni dunyodagi eng boy odamlarning yillik ro‘yxatiga kiritdi.
09:08 / 02.04.2025

														
														2-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi.
22:46 / 01.04.2025

														
														O‘zbekistonning sayyohlik daromadlari 1,5 baravar oshdi

O‘zbekistonning sayyohlik daromadlari 1,5 baravar oshdi

2024-yilda O‘zbekiston sayyohlik xizmatlari orqali 3,5 milliard dollar daromad oldi. Bu haqda turizm qo‘mitasiga ma’lum qild…
21:44 / 01.04.2025

Bu ham qiziq

Trampning kapitali ikki barobar oshib, 5,1 mlrd dollarga yetdi

Trampning kapitali ikki barobar oshib, 5,1 mlrd dollarga yetdi

Forbes nashriga ko‘ra, AQShning amaldagi prezidenti bu natijani asosan o‘zining qat’iy tarafdorlari hisobiga qo‘lga kiritgan.
08:26 / 02.04.2025
Shavkat Mirziyoyev “Euronews” nashriga intervyu berdi

Shavkat Mirziyoyev “Euronews” nashriga intervyu berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Euronews” nashriga intervyu berdi. Unda O‘zbekiston rahbari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tuvchi…
20:48 / 01.04.2025
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning …
11:50 / 01.04.2025
2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqa yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqa yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida…
16:12 / 02.04.2025
Migrantlarning farzandlari Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun testda 90 foizlik natija ko‘rsatishi kerak

Migrantlarning farzandlari Rossiya maktablariga qabul qilinishi uchun testda 90 foizlik natija ko‘rsatishi kerak

Rossiyada birinchi sinfga kirish uchun migrantlarning bolalari rus tilidagi o‘nta topshiriqning to‘qqiztasiga to‘g‘ri javob …
18:32 / 02.04.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab bitiruvchilariga murojaat bilan chiqdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab bitiruvchilariga murojaat bilan chiqdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlarin…
12:08 / 01.04.2025
Erling Xoland uchun mavsum yakunlandi

Erling Xoland uchun mavsum yakunlandi

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi to‘purari Erling Xoland mavsumning qolgan qismini jarohat tufayli o‘tkazib yubo…
10:26 / 01.04.2025
Toshkent ko‘chalaridan biri 5 oyga yopiladi

Toshkent ko‘chalaridan biri 5 oyga yopiladi

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasi besh oyga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xab…
20:04 / 01.04.2025
Mirziyoyev va Pezeshkiyon bir-birlarini Navro‘z va muborak Ramazon hayiti bilan qutladi

Mirziyoyev va Pezeshkiyon bir-birlarini Navro‘z va muborak Ramazon hayiti bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqa…
15:06 / 01.04.2025
AQSh Grenlandiyani qo‘shib olish xarajatlarini baholamoqda

AQSh Grenlandiyani qo‘shib olish xarajatlarini baholamoqda

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Grenlandiyaning tabiiy resurslaridan qancha daromad olish mumkinligini taxmin qilmo…
15:58 / 02.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!