Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart.
Ammo, Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan.
Shu bois, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!