$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Afgʻoniston vakillari Oʻzbekiston tomonini Oʻzbekistonga, zarracha tahdid ham hech qachon Afgʻoniston hududidan kelmasligiga ishontirdi

21:48 / 01.12.2021

2021-yilning 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Kobul shahriga tashrif buyurib, Afgʻoniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Tashqi va Ichki ishlar, Jamoatchilik, Energetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borildi. Mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Afgʻoniston Muvaqqat hukumat vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ushbu sinovli damlarda afgʻon xalqini faol qoʻllab-quvvatlayotgani, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik oʻrnatilishiga koʻrsatayotgan yordami, yangi hukumat tomonidan afgʻon zaminida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan qaratilgan saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Uchrashuvda, Oʻzbekiston tomonidan elektr energiyasini uzluksiz yetkazish, Oʻzbekiston-Afgʻoniston davlat chegarasi ish tartibini davom ettirish, Mozori Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklashga koʻmaklashish, insonparvarlik yordamini oʻz vaqtida koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berildi.

Keltirilishicha, Afgʻoniston tomoni Oʻzbekiston tashabbusi bilan boshlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yoʻli qurilishi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu loyihalar mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga bosqichma-bosqich jalb etishning asosiy omiliga aylangan integratsiya va oʻzaro bogʻliqlikka xizmat qiladi.

Afgʻoniston vakillari Oʻzbekiston tomonini Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga zarracha tahdid ham hech qachon ushbu davlat hududidan kelmasligiga ishontirdi.

Maʼlum qilinishicha, Afgʻonistonning yangi hukumati Oʻzbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alisher Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (Gʻazna) va Boborahim Mashrab (Tahor) qoʻnim topgan maskanlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, Mamlakat maktablari va oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tilini oʻrganishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻz navbatida, Afgʻoniston tomoni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlida ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yoʻlida Oʻzbekiston bilan birodarlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishini bundan keyin ham davom ettirishga qatʼiy ekanini tasdiqladi.


Siyosat


														
														1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024

														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

Bu ham qiziq

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024
Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Crocus City Hall’dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begi…
09:36 / 27.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024
Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!