$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Turkiy kengash Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etishga qaror qildi

10:50 / 13.11.2021

Kecha, 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Mazkur taklif ushbu tashkilotning joriy yil 31-martdagi norasmiy sammitida bildirilgan va bu  tashabbus sammit ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Turkiy kengashning 8-sammitida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammitning yuqoridagi qarorni qabul qilishidan minnatdor ekanini ta’kidladi va bu borada o‘z takliflarini berdi.

–  Bugungi sammitimizda Turkiy dunyo birligiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish haqidagi qaror qabul qilinishi munosabati bilan barchangizga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.
Turkiy dunyoning buyuk vakillari umumbashariy madaniyat va sivilizasiya taraqqiyotiga qanday ulkan hissa qo‘shgani hammamizga ma’lum.
Mana, yaqinda Istanbul shahrida qayta ta’mirlangan muhtasham Otaturk madaniyat markazida Turkiy dunyoning ulug‘ allomalari siymolari yod etilgani ayniqsa e’tiborlidir.Tashkilotimizga a’zo barcha mamlakatlar fondlarida ana shu bebaho meros asrab-avaylab saqlanmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham mushtarak tariximiz va madaniyatimizga oid 200 mingga yaqin noyob qo‘lyozmalar mavjud.
Ana shu nodir asarlarni birgalikda o‘rganish, ularni tarjima qilish, yagona elektron bazasini yaratish, bu sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida “Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o‘rganish tadqiqot markazi”ni tashkil etishni taklif qilamiz.
O‘ylaymanki, ushbu markaz qardosh xalqlarimizning bebaho merosini kelgusi avlodlar va dunyo ahliga yetkazishga muhim hissa qo‘shadi, – dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy kengash doirasida beriladigan ushbu xalqaro mukofot fan, ta’lim, adabiyot, san’at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!