$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Alisher Qodirov yana bir vazirlik tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi

14:11 / 12.01.2022

“Milliy tiklanish” DP lideri Alisher Qodirov yana bir vazirlik tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Qodirovga ko‘ra, ushbu masala partiya fraksiyasi majlisida hamda joriy yilning 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan partiya faollarining kengaytirilgan muhokamasida ko‘rib chiqilgan.

Partiya rahbari jamiyat taraqqiyotini ta’lim va tarbiya islohotida ko‘rarkan, pedagogika sohasini isloh qilishga ustuvorlik berilishi lozimligini ta’kidlaydi.

Qodirov bu borada o‘z takliflarini bildirib 6ta banddan iborat masalani o‘rtaga tashlaydi. Jumladan, ota-onalarni farzand tarbiya qilishda ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar bog‘chalarida tarbiya metodikasi belgilash, maktablarda o‘quvchi bilimi va pedagog faoliyati yangi tizimi - video kuzatuv asosida baholanishi, Tarbiya va ta’lim sifatini nazorat qilish Inspeksiyasi Parlament huzurida va Parlamentga bevosita hisobdor bo‘lishi hamda Pedagogika institutlariga tanlov maxsus tizim asosida, faqat pedagogik qobiliyati bo‘lganlarnigina saralab olishga qaratilishi lozimligini ta’kidlaydi.

Shuningdek, u Tarbiya va ta’lim vazirligi tashkil etish taklifini bildirib, vazirning uchta – oila va xotin-qizlar masalalariga, bog‘chada tarbiya va boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga hamda maktabda ta’lim va tarbiyani tashkil qilishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarlari bo‘lishi kerakligini aytadi.

“Bu vazirlik har bir bolani oiladan boshlab maktabdan chiqib ketgunicha (tug‘ilganidan 18 yoshgacha) bo‘lgan davrda tarbiyasi va ta’lim sifati uchun mas’ul bo‘ladi. Vazirlikka ota-onalar bilan yaqindan ishlash, ularni malakasini oshirish bilan birga, mas’uliyatsizlik uchun javobgarlikka tortishni tashabbus qilish vakolatlari ham berilishi kerak”, – deb yozadi Qodirov.

 


Bu ham qiziq

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!