$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Andijonda 9 yoshli qizni o‘ldirganlikda ayblangan ayol uzoq muddatga qamaldi

12:24 / 26.11.2021

U bir muddat mazkur jinoyatda aybli deb topilib, qamoqqa olingan, ammo sud uni 2021-yil 5-maydagi hukmi bilan oqlagan edi. 
Bosh prokuratura sud hukmiga nisbatan apellyatsiya tartibida protest kiritgan.

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumanida 9 yoshli qizaloqning vahshiylarcha o‘ldirilgani holati yuzasidan tarqalayotgan turli ma’lumotlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Gap shundaki, joriy yil 21-iyun kuni Asaka tumanida 9 yoshli qizning murdasi o‘z uyida qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilgan.

To‘plangan dalillarga asosan dastlabki tergovda fuqaro Asroraxon Hamdamova 2020-yil 21-iyun kuni qo‘shnisi D.A. istiqomat qiladigan uyga o‘g‘rilik maqsadida kirgani va u yerdan pul olganiga guvoh bo‘lgan, yosh bola Q.I.ning tanasiga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, uni qasddan o‘ldirgani aniqlangan.

Shuningdek, A.Hamdamova o‘g‘irlik hamda firibgarlik jinoyatlarini ham sodir etganligi o‘z isbotini topgan.

2020-yil 21-iyun kuni mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rish uchun Andijon viloyat sudiga yuborilgan.
Biroq, tergov davomida aniqlangan va isbotlangan dalil hamda vajlar sud tomonidan inobatga olinmagan, o‘ta og‘ir jinoyat harakatlariga yetarli baho berilmagan.

Shu tariqa Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2021-yil 5-maydagi hukmi bilan A.Hamdamova faqatgina firibgarlikda, ya’ni, marhuma qizning onasiga tegishli bo‘lgan tilla zanjirni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.  
O‘g‘irlik, bosqinchilik va mudhish jinoyat – qotillik yuzasidan esa, u oqlangan.

Bu orada A.Hamdamova OAVlarda chiqish qilib tergov jarayonlarida qo‘rqitilgani yoki qiynoqqa solingani haqida gapiradi.
Bosh prokuratura yuqoridagi holat yuzasidan munosabat bildirib, A.Hamdamovaning iddaolarini rad qiladi.

Shuningdek, Bosh prokuraturaga ko‘ra, ayblanuvchining aybi uning ko‘rsatuvi bo‘yicha olingan ashyoviy dalil (pichoq), pichoq dastasi ichidan olingan namuna marhuma qizga tegishli ekanligi tasdiqlangan ekspertiza xulosasi, guvohlarning ko‘rsatuvlari, xususan to‘rt nafar guvoh A.Hamdamova marhuma qizning xonadonidan yugurib chiqqanini ko‘rishgani va boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

Bundan tashqari, A.Hamdamova o‘z aybiga iqrorligini ham bayon qilgan. Jumladan, qo‘shnisining uyiga o‘g‘irlik maqsadida kirgani va shu qo‘shnining yosh qizi (marhuma) uni ko‘rib qolganidan qo‘rqib, norasidani pichoq bilan o‘ldirganligini tan olgan.

Eng muhimi, A.Hamdamovaning iqrorlik ko‘rsatuvlari real voqelikka asoslangani va ixtiyoriy ravishda berilgani sud-psixologiya ekspertizasi xulosasi bilan tasdiqlangan.

“Shu bois, joriy yil 12-may kuni Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2021 yil 5 maydagi hukmiga nisbatan Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirildi”, – deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, Asroraxon Xamdamova Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismi va boshqa moddalar bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil kesil 12 yil 4 oy 24 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!