Meksika muhojirlari uchun AQSh chegarasidan o‘tish ta’qiqlandi.
Meksika janubidagi yuzlab muhojirlar va qochqinlar hukumatdan Qo‘shma Shtatlarga bepul tranzit yo‘li orqali kirishni talab qilishmoqda.
Muhojirlar Meksika komissiyasi va Milliy migratsiya instituti idoralari oldida norozilik bildirishgan, shuningdek, ular odam o‘g‘irlash qurboni bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tapachula shahri va Meksikaning boshqa hududlarida muhojirlar va qochqinlarning o‘g‘irlab ketilishi kabi xabarlar bir necha bora o‘z tasdig‘ini topgan.
Xususan, migrantlarni o‘g‘irlagan jinoyatchilar ularning AQShdagi oilasi bilan bog‘lanib qarindoshini ozod etilishi uchun katta miqdorda pul talab qiladi.
2020-yilda Meksika Markaziy Amerikadan va boshqa joylardan kelayotgan muhojirlar sonining tobora o‘sib borayotgani uchun muqobil chora ko‘rishga majbur bo‘lgan. Chunki, migrantlarning katta qismi plaza va bog‘larda ishlashiga to‘g‘ri kelgan, natijada ko‘pchilik muhojirlar ishsizlik tufayli a’ziyat chekishgan.
BMT qochqinlar agentligi, UNHCRga ko‘ra, so‘nggi yillarda muhojirlar AQShga nisbatan Meksika davlatiga kirish uchun ko‘proq murojaat qilishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!